Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisi lavozimiga Qahramon Quronboyev saylandi va şu munosabat bilan Özbekiston prezidenti administratsiyasi Yoşlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga Jovdatxon Inoğomov saylandi.
Bunga qadar u Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Toşkent şahar filiali rahbari lavozimida işlagan.
Özbekiston mahallalari uyuşmasi raisining örinbosari lavozimiga Abdullo Aslonov saylandi.
U bundan avval Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi raisining yoşlar va tadbirkorlik masalalari böyiça örinbosari, “Yoşlar qanoti” jamoatçilik kengaşi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Uyuşma raisi maqomi, tibbiy, transport va maişiy ta’minot şaroitlari böyiça boş vazir örinbosariga tenglaştiriladi.
Ma’lumot uçun, Qahramon Quronboyev 1992 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti)ni, 2004 yilda Özbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan.
U 1997-2008 yillarda «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 2009-2012 yillarda Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti Ma’naviyat va ma’rifat işlari böyiça prorektori bölgan. 2012-2013 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi Ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça prorektori, 2013-2015 yillarda Respublika Ma’naviyat tarğibot markazi rahbari lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, Qahramon Quronboyev Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinçi örinbosari, Özbekiston prezidentining taşkiliy masalalar va kadrlar böyiça davlat maslahatçisi örinbosari ham bölgan.











