Toşkent şahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxşilaş maqsadida kompleks çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilmoqda. Bu haqda hokimlik xabarida aytilgan.

Sönggi kunlarda poytaxtda ekologik vaziyat yomonlaşayotgani, havo ifloslanişi yuzaga kelayotgani qayd etilmoqda.

Hokimlik xabariga köra, çora-tadbirlar rejasida ekologik barqarorlikni ta’minlaş, havoga çiqayotgan maişiy çiqindilarni kamaytiriş, jamoat transporti tizimini ham sifat, ham son jihatdan yaxşilaş, yöllarda ustuvorlikni maşinalarga emas, eng avvalo piyodalarga, undan söng jamoat transportiga berişga qaratilgan infratuzilmani yaratiş va şu kabi bir qator özgarişlarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.

“Ekologik holatni yaxşilaş va aholi salomatligini asrab-avaylaş maqsadida ayrim keskin qarorlarni qabul qiliş talab etiladi. Şu sababli mazkur qarorlar kelgusida salbiy oqibatlarni keltirib çiqarmasligi uçun ilmiy tadqiqotlar hamda tahlillarga asoslangan bölişi zarur”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, ayni kunlarda şahar hokimligi huzurida har bir yönaliş böyiça, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, işçi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Har bir işçi guruhning tahliliy xulosalari asosida poytaxt miqyosida qilinadigan amaliy çoralar haqida taqdimot tayyorlanmoqda.

“Tez orada uşbu taqdimot keng jamoatçilik e’tiboriga havola etiladi”, deya ma’lum qildi poytaxt hokimligi.