Alsinov 2020 yilda Boşqirdistondagi Kuştau tepaligi buzib taşlanişiga qarşi çiqqani bilan tanilgan. U hududda oltin qazib olişlariga qarşi mitingda çiqiş qilgani uçun ham hukm qilingan.

«Meni qöllagani kelgan barçaga rahmat, buni aslo unutmayman. Aybimga iqror bölmayman, doim adolat uçun, xalqim va respublikam uçun kuraşib kelganman. Bunaqa bölişini oçiği kutmagandim, hali körişamiz. Meni tört yil umumiy tartibdagi koloniyaga qamaş böyiça hukm çiqarişdi. Biz e’tiroz arizasi kiritamiz», dedi Alsinov RusNews e’lon qilgan bayonotida.

Alsinov ustidan ötkazilgan avvalgi sud majlisida ham yuzlab boşqirdlar sud binosi oldida töplangandi. Ammo çorşanba kuni uni qöllaş uçun yanada köp odam yiğildi. Politsiyaçilar qarşiligiga qaramay, namoyişçilar tarqalişni istamadi va «Pozor» (şarmandalik) deb baqirdi hamda «Biz qora xalqmiz» degan şiorni takrorladi.

Vaziyat jiddiylaşgaç, omonçilar qalqon va çarm tayoq (dubinka) bilan odamlarni avtozak çiqişi kerak bölgan darvozadan nari haydadi, önlab kişilar qölga olindi. Politsiya namoyişçilarga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gaz işlatdi, bunga javoban odamlar ularni qorböron qildi. Jabrlanganlar bölgani uçun voqea joyiga tez yordam maşinalari ham yetib keldi.

Bu vaqtda Boşqirdistonda WhatsApp messenjeri faoliyatida uzilişlar kuzatildi. Rossiyalik Pavel Durovga tegişli Telegram messenjeri Alsinovni qöllovçi «Kuştau Bayram» va RusNews kanallarini blokladi. «VKontakte» esa boşqirdistonlik faollarning «Irandiksiy sabantuy» guruhini blokladi.

Alsinovning otasi kuç işlatar tuzilmalar bilan muzokaralar ötkazganidan keyingina, bir neça soat ötib namoyişçilar tarqala boşladi. Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da içida Alsinov bölgan avtozak sud binosini uning atrofida qolgan namoyişçilar olqişlari ostida tark etdi.

Ba’zi manbalarga köra, politsiya namoyişçilar tarqalişi evaziga qölga olinganlarning bir qismi qöyib yuborilişini taklif qilgan. Namoyişlar davomida 20 nafar atrofida odam qölga olingan.

Tergov qömitasi holat yuzasidan ommaviy tartibsizlik moddasi böyiça iş oçgan. «Ommaviy tartibsizliklar davomida zöravonlik va qurol sifatida işlatiladigan predmetlardan foydalaniş holatlari kuzatildi. Oqibatda bir neça kişi, xususan, organ xodimlari jarohat oldi», deyiladi boşqarma bayonotida.