2024 yil 1 yanvar holatiga Özbekistonning doimiy aholisi qariyb 36,8 mln kişini taşkil etgan. 

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlarga köra, bu körsatkiç 2023 yilning şu davri bilan soliştirilganda 2,2 foizga köpaygan.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining ösişi böyiça Toşkent şahri yetakçilik qilmoqda - 2,9 foiz.

Undan keyingi örinlarni doimiy aholi soni ösişi mos ravişda 2,5 foiz hamda 2,3 foizni taşkil etgan Surxondaryo viloyati va Namangan viloyati egalladi.

Uşbu körsatkiç qolgan hududlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Samarqand viloyati – 2,2 foiz;
  • Andijon viloyati – 2,2 foiz;
  • Jizzax viloyati – 2,2 foiz;
  • Qaşqadaryo  viloyati – 2,2 foiz;
  • Farğona viloyati – 2,1 foiz;
  • Navoiy viloyati – 1,9 foiz;
  • Sirdaryo viloyati – 1,9 foiz;
  • Toşkent viloyati – 1,9 foiz;
  • Xorazm viloyati – 1,9 foiz;
  • Buxoro viloyati – 1,7 foiz;
  • Qoraqalpoğiston R. – 1,3 foiz.