Prezident Şavkat Mirziyoyev 2024 yilda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan ötkazilgan yiğilişda eksport-import, konvertatsiya masalasiga töxtaldi.
Jumladan, davlat rahbari konvertatsiyani davom ettiriş uçun eksport juda muhim ekanini ta’kidladi.
«Eksport bu hayot-mamotimiz. Agar valuta balansi, investitsiya yoki konvertatsiyani davom ettiramiz desak, importga nisbatan eksportni barqaror uşlab turişimiz kerak», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu bilan birga, prezident boş vazir örinbosari Jamşid Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va hokimlarning 2024 yilda 18 milliard dollarlik eksport rejasi mutlaqo ma’qul emasligini ta’kidladi.
«Iqtisodiyotimizni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun eksportni yiliga kamida 30 foizga oşirib borişimiz zarur. Odamlarning jon boşiga daromadini oşiramiz desak, investitsiya kerak bizga, eksport kerak bizga», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbarining qayd qilişiça, 2023 yilda eksport hajmi kamaygani bois, 560 million dollar yöqotilgan.
«Ötgan yili ikki drayver tarmoq, törtta hudud 2022 yilga nisbatan eksport hajmlarini kamaytirgani uçun 560 million dollar yöqotildi. Şuningdek, 10 ta tuman va şaharda eksport avvalgi yil körsatkiçlarining yarmiga ham yetmagan», dedi Şavkat Mirziyoyev.

















