2023 yilda Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining daromadlari 231,7 trln söm bölgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi. Xarajatlar borasidagi ma’lumotlar hali oçiqlanmadi.

Vazirlikning qayd etişiça, 2023 yilda davlat budjeti daromadlari 2022 yilga nisbatan 14,8 foizga oşgan.

Bu – budjet daromadlari ösişi sekinlaşganini anglatadi. Daromadlar ösişi 2022 yilda 22,5 foiz, 2021 yilda 23,9 foiz, pandemiya boşlangan 2020 yilda esa 18,5 foiz bölgandi.

2023 yilning birinçi va sönggi bank kunlari uçun Markaziy bank belgilagan rasmiy kurslarning örtaçasidan kelib çiqib hisoblansa, ötgan yilgi davlat budjeti daromadlari 19,6 mlrd dollarga teng bölgan.

Daromadlarning 79,6 foizini soliqlar, 20,4 foizini esa soliqsiz tuşumlar va boşqa daromadlar taşkil etgan.

Ötgan yili soliq turlari orasida eng yuqori ösiş bojxona bojida kuzatilgan – bu yönalişdagi tuşumlar 2022 yildagi 5,7 trln sömdan 2023 yilda 68,4 foizga oşib, 9,6 trln sömga yetgan.

Yer soliğidan daromadlar 30,2 foizga (6,9 trln sömgaça), mol-mulk soliği tuşumlari 27,5 foizga (5,1 trln sömgaça), jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tuşumlari 23,0 foizga (29,9 trln sömgaça), aksiz soliği yiğimlari 17,0 foizga (15,8 trln sömgaça) oşgan.

© Otabek Bakirov / Telegram

Soliq turlari orasida aylanmadan olinadigan soliq va foyda soliği böyiça körsatkiçlar pastligi bilan ajralib turadi. AOS tuşumlari 4,0 foizga (2,4 trln sömgaça) pasaygan bölsa, foyda soliğidan daromadlar ösişi rasmiy inflsiya darajasidan pastroq bölgan – 8,5 foiz (40,8 trln sömgaça).