Qöyliq bozorining rekonstruksiya qilinişi vaji bilan yopilişi sababli Iqtisodiyot va moliya vazirligi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik ulgurji narxlarini e’lon qilib borişni bir muddat töxtatgan edi.
Vazirlik oradan 12 kun ötib, Qöyliq örniga Food city'dagi meva va sabzavotlar narxini e’lon qila boşladi. Iqtisodçi Otabek Bakirov bu muddat davomida ayrim mahsulotlar sezilarli darajada qimmatlaşganiga e’tibor qaratdi.
“Qöyliqning yopilişi va Food city'ga tadbirkorlarning majburiy köçirilişi narxlarni oşirgan. Xususan, Qöyliqning oxirgi kuni bölgan 5 yanvarga nisbatan 17 yanvar holatiga quyidagi meva sabzavotlarning maksimal narxi sezilarli kötarilgan:
- behi 25 ming sömdan 50 ming sömgaça;
- anor 35 ming sömdan 45 ming sömgaça;
- sarimsoq piyoz 33 ming sömdan 40 ming sömgaça;
- limon 22 ming sömdan 30 ming sömgaça;
- banan 26 ming sömdan 28 ming sömgaça;
- mandarin 22 ming sömdan 28 ming sömgaça;
- kivi 22 ming sömdan 28 ming sömgaça;
- apelsin 19 ming sömdan 25 ming sömgaça;
- olma 18 ming sömdan 19 ming sömgaça;
- sabzi 2500 sömdan 5000 sömgaça;
- piyoz 2200 sömdan 2800 sömgaça;
- karam 1500 sömdan 2000 sömgaça.
Qöyliq bozori böyiça e’lon qilib borilgan bulğor qalampiri, baqlajon va qovun narxlari Food city'da körsatilmagan. Şuningdek, nöxat 20 ming sömdan 35 ming sömgaça oşib ketgan”, deya yozdi iqtisodçi.
Şundan söng, Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy izoh berib, Food city'dagi yuqori ulgurji narxlar şahar içidagi çakana narxlardan katta farq qilmayotganini tasdiqladi.
“Joriy yil 4–6 yanvar kunlari Qöyliq ulgurji bozori va Food city majmuasidagi narxlar orasida sezilarli tafovut mavjud bölmagan.












