Bugun Özbekiston hududiga Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelişi boşlanadi, respublika böyiça yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +9...+12 darajagaça kötariladi.

“Özgidromet” xabariga köra, 23-24 yanvar kunlari iliq havo kirib kelişi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoşli va oçiq havo kuzatiladi. 

24 yanvarda respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga Volga böyi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Respublika hududining katta qismida 23-24 yanvar kunlari harorat keçalari +2...+5 darajagaça, kunduz kunlari +12...+15 darajagaça kötariladi, şimoliy hududlarda esa 24 yanvarda kunduzgi harorat -2...-7 darajagaça pasayadi.

25 yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakat barça hududlarini qamrab oladi, respublika böyiça yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Harorat kunduzi +4...+9 darajagaça pasayadi, şimoliy hududlarda keçasi -6...-11 darajani taşkil etadi, kunduzi -2...-7 darajadan oşmaydi.

26 yanvarda respublika hududining katta qismida yoğingarçilik bölişi ehtimoli saqlanib turadi, şimoli-ğarbiy hududlarda esa yoğingarçilik töxtaydi. Harorat keçasi -2...+3 daraja, kunduzi +3...+8 daraja, şimolda keçasi -6...-11 daraja, kunduzi -0...-5 daraja atrofida böladi.

Poytaxtda bugun quyoşli va oçiq havo bölişi kuzatiladi. Şarqiy yönalişdagi şamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi +10...+12 darajani taşkil etadi.

23-24 yanvar kunlari poytaxtda yoğingarçilik kutilmaydi. Ertaga keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şarqiy yönalişdagi şamol tezligi 3-8 m/s böladi. Havo harorati 23 yanvarda keçasi +0...+2 daraja atrofida böladi, 24 yanvarda keçasi +3...+5 darajagaça kötariladi, kunduzi 23-24 yanvarda harorat +12...+14 daraja atrofida böladi.

25 yanvarda poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi +5...+7 darajagaça kötariladi, kunduzi +7...+9 darajagaça pasayadi.