Özbekiston aholisi sönggi 30 yilda 15 mln kişiga köpaygan. Prognozlarga köra, 2030 yilga borib respublikada istiqomat qiluvçilar soni 40 mln kişiga yetadi. Uşbu holat ortayotgan aholi uçun yangi iş örinlari, sifatli ta’lim va tibbiyot muassasalari quriş kabi bir qança muhim strategik vazifalarni işlab çiqib, amalga oşirişni nazarda tutadi. Özbekiston hukumati yaqin kelajakdagi bu jarayonga qanday tayyorgarlik köryapti va qanday işlarni qilişi kerak? Mavzu yuzasidan savollarga Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xodimi Muhabbat Axmedova öz fikrlarini bildirib ötdi.

— Özbekistonda aholi jon boşiga YaIM 2024 yilda 3209 AQŞ dollari bölişi kutilyapti. Şunda mamlakatdagi bir kişining hissasiga töğri kelayotgan oylik örtaça summa 267,4 dollarni taşkil etadi. Iqtisodiy körsatkiçdagi ayni şu summa demografiyaning asosini taşkil etuvçi tuğilişni soğlom tarzda yaratişga asos böla oladimi?

— Har yili mamlakatimizda oylik maoşlar örtaça 10 foizga oşadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham köpayadi. Fuqarolarning moliyaviy holati birinçi örinda mehnat tuşumlari, ikkinçi örinda xorijda işlaydigan şaxslarning yuboradigan pul ötkazmalari, şuningdek, köçmas mulkdan keladigan mablağlar hisobiga yuqorilaşi mumkin. Demografik körsatkiçlarimiz 2016-2018 yildan e’tiboran keskin kötarildi, 2016 yilda har bir ayolga mamlakat hisobida 2,1 nafar farzand töğri kelgan bölsa, 2022 yilda bu körsatkiç 3,1 nafarga yetdi. Tuğiliş ösyapti, ölim koeffitsiyenti kamayyapti. Mazkur jarayon natijasida har yili davlat aholisi 730-750 mingga köpayyapti. Mamlakatda odamlar sonining tez ösişi hukumatdan kelgusi yillar uçun strategik tayyorgarlik işlarini köriş, yangi tuğilayotgan aholidan demografik dividend oliş uçun ularga töğri sarmoya kiritişni talab etyapti. Yuqorida ta’kidlangan summa demografiyaning asosini taşkil etuvçi tuğilişni soğlom tarzda yaratişga asos böla oladimi-yöqmi, degan savolga aniq javob bera olmayman. Bu aholining holati, şaxsiy talab hamda xarajatlariga boğliq.

— Senatda 2023 yil 9 noyabrda bölib ötgan “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş va qişloq xöjaligining barqaror rivojlanişini qöllab-quvvatlaş” mavzusidagi seminarda “Özbekiston uçun içki xavflar, asosan, aholining sezilarli darajada yuqori ösiş sur’atlaridan kelib çiqadi”, degan fikrlar ham bildirilgan edi. Butun dunyoda demografiyaning ösişi eng qimmat kapital sifatida baholanayotgan bir vaqtda bizning siyosatçilar orasida bu jarayon “içki xavf” deya izohlanayotgani qay darajada mantiqqa töğri keladi?

— Aminmanki, bu hukumatning qaraşi emas, biror senatorning şaxsiy fikri bölişi mumkin. Tuğiliş böyiça bizda heç qanday tösiqlar qöyilmagan va bunday qilinişi töğri ham emas. Birgina Xitoyni misol keltirsak: uşbu davlatda neça yillardan buyon 2 bolalilik siyosat olib borilgan, ya’ni bir oilada ikki nafardan köp farzand bölişi mumkin emas edi. Natijada hozir Xitoyda tuğiliş kamayib ketgan, ayollar farzand dunyoga keltirişni istamay qöygan. Yoki Yevropa davlatlariga qaraylik, u yerda heç qanday tösiqlar mavjud emas. Hukumat tuğişni çeklamagan, biroq şunga qaramasdan Yevropa mamlakatlarida ham qariş tendensiyasi kuzatilyapti. U yerda hukumatlar mehnat bozorida işçi kuçi yetmayotganidan qörquvda. Yaponiya, Koreyada qariyalar soni keskin oşgan. Rossiyada ham ayni şu holat röy beryapti, bu davlatda “ona kapitali” degan ijtimoiy paketlar bölişiga qaramasdan, hukumat tuğiliş körsatkiçlarini östira olmayapti. Dunyoda bölayotgan demografik inqirozlardan xulosa çiqargan holda biz tuğilişni qisqartirişimiz emas, inson kapitaliga töğri sarmoya kiritiş orqali demografik dividenddan foyda oliş yöllarini puxta işlab çiqişimiz kerak.