Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston CITIC korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi
Bunda asosiy e’tibor mamlakat yo‘l-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratiladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Xitoy mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro investitsiya korporatsiyasi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi.
Uchrashuvda qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi, bunda asosiy e’tibor mamlakat yo‘l-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratildi.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024