Rossiya mudofaa vazirligi çorşanba kuni Belgorod oblastida ukrainalik harbiy asirlarni almaşuv uçun olib ketayotgan Il-76 harbiy-transport samolyoti urib tuşirilganini ma’lum qildi. Bayonotga köra, zarba Xarkiv oblastidan turib berilgan.
Moskvadagilar nimalar deyişmoqda?
Qulagan Il-76 bortida Ukraina qurolli kuçlarining Belgorod oblastiga almaşuv jarayoni uçun olib kelingan asirlikdagi 65 harbiysi, samolyot ekipajining olti a’zosi hamda uç nafar qöriqçi bölgan, deb xabar bergan Rossiya mudofaa vazirligi. Ya’ni 74 kişi. Ularning barçasi samolyot halokati oqibatida halok bölgan.
Rossiya harbiy idorasiga köra, Ukraina qurolli kuçlari Xarkiv oblastining Lipsi qişloği hududida joylaştirilgan zenit-raketa kompleksidan ikkita raketa uçirilgan. Mudofaa vazirligi bu uçirişlar Rossiya radiolokatsion vositalari orqali qayd etilganini ma’lum qilgan.
RF mudofaa vazirligiga köra, Il-76 samolyoti Moskva oblastidagi Çkalovskiy aerodromidan Belgorodga uçgan. TASS agentligi mahalliy ruhoniyga tayanib yozişiça, u Yablonovo qişloğidan beş-olti kilometr masofada qulagan, yerda vayrongarçiliklar qayd etilmagan.
Bungaça mahalliy telegram-kanallar va harbiy sohaga ixtisoslaşgan blogerlar Il-76 Belgorod oblastining Koroçanskiy rayoniga qulaganini aytib, samolyot qulaşi va portlaşi aks etgan videoni tarqatgandi.
Rossiya mudofaa vazirligi halokatni terakt deb atagan va bunda «Kiyev rejimi»ni ayblagan.
Vazirlik versiyasiga köra, Ukraina hukumati «mavjud amaliyot böyiça bugun ukrainalik harbiy xizmatçilar Belgorod aerodromiga harbiy-transport samolyotlari orqali yetkazilişi kerak bölgani»dan boxabar bölgan. Xabarda aytilişiça, asirlar almaşinuvi 24 yanvar kuni kunning ikkinçi yarmida Kolotilovka nazorat-ötkaziş punktida amalga oşirilişi kerak edi.
Vazirlikdagilarning hisoblaşiça, «Kiyev rejimi bu qadamni Rossiyani ukrain harbiylarini yöq qilişda ayblaş maqsadida taşlagan».

The Insider naşrining asirlar almaşinuvi jarayonidan xabardor manbasi asirlar bungaça ham bir neça marta «samolyotlarda olib kelingani»ni tasdiqlagan. Ammo Rossiya bugun bu haqda ogohlantiriş yubormagan.













