2023 yilda mulk oldi-sotdisi böyiça 335 mingta bitim tuzilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 4,4 foizga köpdir. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan 2023 yilning IV çoragi yakunlari böyiça köçmas mulk bozori şarhida keltirib ötilgan.

Qayd etilişiça, 2023 yilda ikkilamçi bozorda uy narxi sömda 35,1 foizga (dollarda 23 foiz), birlamçi bozordagi narxlarning yillik ösişi esa sömda 39,6 foizga (dollarda 26,9 foiz) teng bölgan.

 

Yil yakuniga köra, turar joy ijarasi narxi söm hisobida 8,8 foizga oşgan, dollar bilan ifodalanganda 1 foizga arzonlaşgan. Şu bilan birga, poytaxtda ijara narxining ösişi respublikaning boşqa hududlariga qaraganda ança sekinlaşdi. Farğona (21,1 foiz), Buxoro (16,5 foiz) va Toşkent (17,6 foiz) viloyatlarida ijara narxlari eng köp darajada qimmatlaşgan.

Mutaxassislarning qayd etişiça, ipoteka kreditlarining ajratilişi tezlaşişi ikkilamçi bozorda uy-joy narxlarining oşişi tezlaşişiga olib kelgan omillardan biri bölgan.

«Jozibador rentabellik va narxlar ösişi fonida talabning oşişi sönggi yillarda uy-joy sotib oliş imkoniyatining ma’lum darajada pasayişiga olib kelgan. 2023 yilda aholining umumiy daromadlari va uy-joy narxlari ösişi örtasidagi farq 20 foizdan oşgan. Ötgan yili bu farq 4,4 foizni taşkil etgan. Aksinça, ijara narxlarining barqarorlaşuvi natijasida daromadlar va ijara haqining ösişi örtasidagi farq manfiy (5,2 foiz) böldi», deyiladi MB hisobotida.

Toşkent şahar köçmas mulk bozoridagi holat

Ötgan yilda poytaxtning ikkilamçi köçmas mulk bozorida narxlar sezilarli darajada oşgan – 10,5 million sömdan 14,9 million sömgaça yoki 1 kvadrat metr uçun 933 dollardan 1212 dollargaça.

Narxlarning hududlar böyiça özgariş dinamikasi

Toşkentda ijara narxi ötgan yilga nisbatan dollar hisobida 9,3 foizga pasaygan. Ijara narxlarining arzonlaşişi şaharning deyarli barça joylarida kuzatilgan, faqat talab nisbatan yuqoriligiça qolayotgan Sergeli tumani bundan mustasno.