Inson huquqlari böyiça xalqaro jamiyat (IHXJ) sönggi kunlarda Belarusda ötkazilgan ommaviy reydlar va faollarning qölga olinişini keskin tanqid qildi. «Mamlakat böylab kamida 70 kişi uşlangan. Dunyo e’tibori Ukraina va Yaqin Şarqdagi uruşlarga qaratilgan bölsa-da, Lukaşenko fursatdan foydalanib, butun mamlakat böylab tanqidçilarni yanada qörqitmoqda. Siyosiy mahbuslarning yaqinlari hujumga uçramoqda. Ayrim hollarda butun oilalar qölga olinmoqda», - dedi 25 yanvar, payşanba kuni IHXJ raisi Edgar Lamm.
Inson huquqlari taşkiloti Belarusdagi barça siyosiy mahbuslarni zudlik bilan ozod qilişga çaqirdi. IHXJ bayonotida qayd etilişiça, Belarusda tintuvlar «ekstremistik faoliyatni moliyalaştiriş» va «ekstremistik tuzilmada iştirok etiş» gumonlari bilan ötkazilgan. Ayrim uşlanganlarga reydlar repressiya qilinganlarning oilalari hamda oğir moliyaviy ahvolga tuşib qolgan vatandoşlar uçun oziq-ovqat mahsulotlari töloviga yordam beruvçi INeedHelpBy taşabbusi ekstremistik deb tan olinişi munosabati bilan ötkazilayotgani aytildi.
Avvalroq «Vesna» inson huquqlari markazi Belarusda bor-yöği bir kun – 23 yanvarda 84 kişi qölga olingani haqida xabar bergan edi. Aleksandr Lukaşenko özini 2020 yil avgustida bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğolib deb e’lon qilganidan söng ommaviy norozilik namoyişlari ortidan Belarus hukumati tuzum muxoliflarini qattiq bosdi. Öşa saylov kampaniyasining qolgan iştirokçilari panjara ortiga taşaldi yoki mamlakatni tark etişga majbur böldi. IHXJ ma’lumotlariga köra, öşa paytda namoyişlarda qatnaşgan minglab odamlar hali ham Belarus qamoqxonalarida saqlanmoqda.












