Boş prokuratura huzuridagi depatamentning xabar berişiça, departament va DXXning hududiy bölimlari tomonidan bir neçta holatda fuqarolarni katta pul evaziga AQŞ, Fransiya va Kanadaga yubormoqçi bölgan şaxslar uşlangan.

Jumladan, departamentning Çilonzor tuman bölimi va DXX xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda fuqarolar K.S., M.O. va O.Z. fuqaro Ş.Ş.ning işonçiga kirib, uni tanişlari yordamida Yevropa orqali AQŞga yuborişi hamda viza hujjatlarini rasmiylaştirib berişi evaziga 32 000 dollar olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruvda fuqaro O.Z. fuqaro Ş.F. va uning oila a’zolarini Fransiyaga borişlari uçun viza hujjatlarini olib beriş evaziga 3 900 dollarni firibgarlik yöli bilan özining viza kartasiga ötkazib olgani aniqlangan.

Departament hamda DXX Oqdaryo tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar H.A. G.M. va J.A. fuqaro R.M.ning işonçiga kirib, uni tanişlari yordamida 7 000 dollar evaziga Kanadaga işga yuborişini aytib, oldindan 1 500 dollar va 600 ming sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.