Davlat departamenti kongressmenlarga umumiy qiymati 31,6 milliard dollar bölgan qurol-yaroğ bitimi haqida ma’lumot berdi. Bu Turkiya hukumati Şvetsiyaning NATOga a’zo bölişini ratifikatsiya qilganiga javob böldi.

AQŞ hukumati Turkiyaga F-16 qiruvçi samolyotlarini sotişga ruxsat berdi. Protokolga köra, AQŞ davlat departamenti 26 yanvar, juma kuni kongressga uşbu turdagi qurollarni sotiş böyiça 23 milliard dollar (taxminan 21 milliard yevro) miqdoridagi kelişuv haqida ma’lum qilgan.

Kelişuv 40 ta yangi F-16 sotib olişni va Turkiyaga tegişli 79 ta qiruvçi samolyotni modernizatsiya qilişni nazarda tutadi. Bu qaror Turkiya Şvetsiyaning NATOga kirişini rasman tasdiqlaganidan bir neça kun ötib qabul qilindi. Agentlik qayd etişiça, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakat Şvetsiyaning Şimoliy Atlantika alyansiga kirişini ratifikatsiya qilişi AQŞning F-16 qiruvçi samolyotlari yetkazib berilişiga boğliq masala ekanini yaşirmadi. 

Bundan taşqari, şu kuni Amerika hukumati Gretsiyaga 8,6 milliard dollarga (taxminan 7,9 milliard yevro) 40 ta F-35 Lightning II Joint Strike Fighter qiruvçi samolyotlari va tegişli jihozlarni sotişni ham ma’qulladi. Ikkala holatda ham AQŞ hukumati kelişuvga qarşi emasligini körsatdi. Biroq avvalroq kongressning bir qança a’zolari Turkiyada inson huquqlari bilan boğliq vaziyat va AQŞning NATO böyiça hamkori bölgan Gretsiya bilan munosabatlaridagi keskinlikdan xavotir bildirgandi. Davlat departamenti rasmiylari axborot agentliklariga bu e’tirozlar bartaraf etilganini ma’lum qildi. 

AQŞ harbiy ittifoqning kengayişini kutmoqda 

Avvalroq kelişuvga qarşi bölgan Merilend ştatidan senatori Ben Kardin Turkiyaning «vaziyatni yaxşilaş» majburiyatidan kelib çiqib, sotişga rozi bölganini aytdi. «Men Turkiya bilan munosabatlarimizda yangi bobni boşlaşni, NATO ittifoqini kengaytirişni va Rossiyaning tinç qöşnilarga qarşi davom etayotgan hujumiga qarşi turiş uçun global ittifoqçilarimiz bilan hamkorlikni intiqlik bilan kutaman», dedi u. 

Turkiya Şvetsiyaning NATOga a’zoligini ma’qullaşni bir yildan köproq vaqtga keçiktirdi, bunga Şvetsiya Turkiyaning milliy xavfsizlik muammolari, jumladan kurd jangçilari va Anqara öz xavfsizligiga tahdid deb biladigan boşqa guruhlarga qarşi kuraşni jiddiy qabul qilmayotgani sabab sifatida körsatilgan.

Keçikişlar Vaşingtonni va Rossiyaning Ukrainaga hujumi munosabati bilan Skandinaviya davlatlari harbiy betaraflikdan voz keçganidan söng Şvetsiya va Finlandiyani alyansga qabul qilişga şoşilayotgan NATO ittifoqçilarining salbiy munosabatiga sabab böldi.