Fransiya Rossiyani Moskva tomonidan Ukrainaga qarşi boşlagan uruş kontekstida Ğarbiy Yevropaning uşbu davlati haqida ataylab yolğon ma’lumot tarqatişda aybladi. Gap Sputnik News, RT va RIA «Novosti» kabi davlat OAV iştirokidagi «Rossiya tomonidan kelişilgan harakatlar» haqida ketmoqda, deb xabar qildi Fransiya qurolli kuçlari vazirligi 26 yanvar, juma kuni.
Parijning ta’kidlaşiça, 2022 yil fevralida Rossiyaning qöşni davlatga hujumi boşlanganidan beri Fransiya «Rossiyaning dezinformatsiya kampaniyasining nişoni» böldi. Unga köra, bu kampaniya yanvar oyi örtalarida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiyaning frontdagi ğalabasi tahdidi haqida ogohlantirib, Ukrainaga yangi harbiy yordam körsatilişini e’lon qilgan paytdan boşlab kuçaydi.
Parij Rossiya mudofaa vazirligining fransuz yollanma askarlari haqidagi bayonotini rad etdi
17 yanvar kuni Rossiya mudofaa vazirligi Kiyev tomonida jang qilayotgan xorijliklarning Xarkivdagi «vaqtinçalik joylaştiriş punkti»ga RF tomonidan hujum uyuştirilgani haqida e’lon qilib, joylaştiriş punkti asosan «fransuz yollanma askarlari»dan iborat bölganini bildirdi. Parij bu ayblovlarni rad etib, Ukrainada fransuz yollanma askarlari haqidagi sözlarni «qöpol manipulyatsiya» deb baholadi.
Bir neça kundan söng, bir qator Telegram-kanallarda zarba oqibatida halok bölgan yollanma askarlar röyxati e’lon qilindi, biroq bu röyxatlarning ba’zilari ehtimoliy fransuzlar ismlari bilan 2022 yildan beri tarqalmoqda, deya ta’kidlaydi AFP. Bundan taşqari, 24 yanvar kuni Rossiya mudofaa vazirligi birinçi marta Fransiyada işlab çiqarilgan SAMP-T zenit-raketa majmuasi yöq qilinganini bildirdi, ammo bu haqda dalillar keltirmadi, deya ta’kidlab ötdi Parij.
Fransiya Ukrainaga harbiy yordam kuçayib borayotganini hisobga olib, Rossiyadan keyingi «manipulyatsiyalar»ni kutmoqda, dedi Fransiya qurolli kuçlari vaziri Sebasten Lekornyu. Parij bunday tahdidlarga javob çoralarini kuçaytiradi, deya qöşimça qildi vazir.












