Farğona viloyati Marğilon şahrida 6 nafar fuqaro is gazidan zaharlaniş oqibatida vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura xabar bergan.

Holat 26 yanvar kuni tuş paytida sodir bölgan. «Vatan» MFYda joylaşgan köp qavatli uyda yaşagan er-xotin, ularning qizi, uç nafar nabirasi is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

Örganişlar natijasiga köra, möri isitiş qozoni (kotyol)dan nostandart holatda taşqariga çiqarilgan, oqibatda polietilendan işlangan möri qizişi sababli kirişgan joyidan çiqib ketgan. Şu tariqa, xonaga is gazi töplanib qolgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi dastlabki ma’lumotiga köra, ölimi sababi sifatida is gazidan ötkir zaharlaniş va ötkir yurak nafas yetişmovçiligi körsatilgan. Hozirda tergovga kadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.