Ötgan hafta oxirida Rossiyaning köplab şaharlarida mamlakat prezidentligiga nomzodini körsatgan Boris Nadejdin uçun imzo berişga yiğilganlarning uzun navbatlari kuzatildi. Nadejdin parlamentga a’zo bölmagan «Fuqarolik taşabbusi» partiyasidan nomzodini ilgari surgan. Şu sababli uning nomi saylov byulletenida körsatilişi uçun kamida 100 ming imzo kerak böladi. Qöşimçasiga, Rossiyaning bitta sub’yektidan faqat 2,5 ming ovoz töplaş mumkin.

Nadejdinning nomzod sifatida körsatilişi rus muxolifatida noroziliklarga sabab bölgandi, ammo hozirda köplab muxolifatçilar Nadejdinni qöllaşga çorlamoqda. Masalan, Navalniy jamoasi YouTube'dagi videolarida bu haqda eslatmalar berdi. Muxolifat Nadejdinning nomzodini qöllaşni uruşga qarşi çiqişning legal yöli deb hisoblamoqda.

Nadejdinni qöllaş uçun navbatlar – Kaliningraddan Yoqutistongaça

60 yoşli sobiq deputat Boris Nadejdin ötgan yil kuzidayoq prezidentlik saylovda qatnaşişini aytib, kampaniya boşlagandi. Dekabr oyi oxirida «Fuqarolik taşabbusi» partiyasi uni nomzod sifatida röyxatdan ötkazdi, Markaziy saylov komissiyasi esa imzo töplaşga ruxsat berdi.

Rossiya qonunlariga köra, prezidentlik saylovlarida byulletenda nomi körsatilişi uçun parlament a’zosi bölmagan partiyadan nomzod bölganlar kamida 100 ming imzo yiğişi kerak. Har bir sub’yektdan köpi bilan 2,5 ming imzo qabul qilinadi. Imzo yiğiş 31 yanvargaça davom etadi.

Avvaliga Rossiya muxolifatida Nadejdinning nomzod sifatida körsatilişiga sovuqqonlik bilan qaraşdi. Muxolifatda Nadejdinni «Kremlning Putin uçun tayyorlagan liberallar orasidan navbatdagi sparring raqibi» deb qaraşdi. Xuddi şunday vazifani 2018 yilgi saylovlarda Kseniya Sobçak bajarib bergandi.

Nadejdin öz nomzodi röyxatdan ötkazilgaç, buni Kreml bilan maslahatlaşmaganini aytdi. Uning tanişilaridan biri esa «Meduza» bilan suhbatda nomzodini körsatiş siyosatçiga prezident ma’muriyatidan taklif qilinganini aytgan.

Nadejdinga gumon bilan qaraşlariga uning reputatsiyasi ham rol öynadi. U 90-yillarda avvaliga Boris Nemsovning, keyinroq hozir Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari örinbosari bölgan Sergey Kiriyenkoninng maslahatçisi bölib işlagan. Kiriyenko hozirda Rossiya içki siyosatiga javobgar muhim şaxs hisoblanadi.

Rossiya Davlat dumasiga «Öngçi kuçlar kengaşi» partiyasidan saylangan Nadejdin u yerda faqat bitta çaqiriqda işlaydi. Partiya tarqalib ketgaç esa hukumatga sodiq bölgan «Töğri yöl» partiyasida faoliyat yuritadi. Oxirgi yillarda Nadejdinga Rossiya davlat telekanallarida muxolifat vakili rolini «işonib topşirişdi».