Yozuvçi Boris Akunin (Grigoriy Çxartişvili) Rossiya içki işlar vazirligining federal qidiruv bazasidagi röyxatga qöşildi. Buni «Mediazona» 26 yanvar, juma kuni aniqladi. 2014 yildan beri Akunin Londonda yaşaydi. U Rossiya hukumati va şaxsan prezident Putinning siyosatini bir neça bor tanqid qilib, Qrimdagi holat va Ukrainadagi uruşni oçiq qoralagan.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan keyin Akunin asarlari Rossiya Federatsiyasida kuçli senzura bosimiga duçor böldi. Uning pesalari asosidagi spektakllar afişalaridan nomi olib taşlandi va ba’zi teatrlar bunday spektakllarni bekor qildi. 2023 yil dekabr oyi örtalarida AST naşriyoti yozuvçining kitoblarini tarqatişni töxtatayotganini bildirdi. «Çitay-gorod - Bukvoyed» dökonlar tarmoğida ham savdo töxtadi. Xavfsizlik kuçlari Akunin kitoblarini naşr etuvçi Moskvadagi «Zaxarov» naşriyotida tintuv ötkaziş uçun keldi.

Rosfinmonitoring 18 dekabr kuni yozuvçi Boris Akuninni «terrorçilar va ekstremistlar» röyxatiga kiritdi. Köp ötmay, tergov qömitasi yozuvçiga nisbatan Rossiya qurolli kuçlari haqidagi «feyklar» va terrorizmni omma oldida oqlaş haqidagi moddalar böyiça jinoiy iş qözğatilganini e’lon qildi. 

Akunin «ekstremistlar» röyxatiga kiritilganidan keyin «çet el agenti» deb e’lon qilindi

12 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi adliya vazirligi Boris Akuninni «çet el agentlari» reyestriga kiritdi. Undan taşqari, yangilangan röyxatga Moscow Calling Telegram-kanali muallifi Andrey Kurşin, «Novaya gazeta» jurnalisti Aleksandr Minkin va Mari El respublikasidan sobiq munitsipal deputat Anton Sokolov kirdi. 

Idora, şuningdek, Minkindan taşqari hamma «Rossiya Federatsiyasi va uning qurolli kuçlari haqida salbiy imidj yaratişga qaratilgan yolğon ma’lumotlarni tarqatgani»ni bildirdi. Xususan, Akunin böyiça Adliya vazirligi yozuvçi «Ukraina qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlaş uçun mablağ yiğiş tadbirlarida qatnaşgan» deb ta’kidladi. 

Boris Akunin özining «çet el agentlari» reyestriga kiritilganidan hayratda ekanini aytdi. «Ular bugun meni çet el agenti deb e’lon qilişdi, deb yozişmoqda. Men terrorçi va ekstremistmanmi?! Men özimni notöğri parkovka uçun jarima yozilgan bin Lodindek his qilyapman», - deb yozdi u öşanda Telegram-kanalida.