AQŞ 15 yil içida birinçi marta Britaniya hududida Rossiya tahdidi kuçayib borayotgani munosabati bilan yadro qurolini joylaştiradi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph gazetasi 26 yanvar, juma kuni AQŞ mudofaa vazirligi hujjatlariga tayanib xabar berdi. 

Pentagon materiallariga köra, yadroviy qurollar Saffolkdagi Leykenxit aviabazasida joylaştiriladi. Gap B61-12 bombalari haqida ketmoqda, ularning kuçi 50 kilotonnaga yetişi mumkin, deya tuşuntiradi naşr. Bu 1945 yilning avgustida Yaponiyaning Xirosima şahriga taşlangan atom bombasi kuçidan uç baravar yuqori, deya aniqlik kiritgan gazeta. 

Pentagon naşr ma’lumotlarini na tasdiqladi, na inkor qildi. «Qöşma Ştatlar ittifoqçi mamlakatlardagi harbiy obektlarini muntazam ravişda modernizatsiya qiladi», dedi AQŞ mudofaa vazirligi vakili The Telegraph’ga. Uning sözlariga köra, gazeta tomonidan örganilgan hujjatlarda «prognozlar mavjud emas va ular biron-bir aniq pozitsiya yoki asosli tafsilotlarni oşkor qiliş uçun möljallanmagan».

NATOning yadroviy modernizatsiya dasturi elementi 

Amerika ommaviy qirğin qurollarining Britaniyaga qaytarilişi NATOning Ukrainaga hujum tufayli Rossiya bilan munosabatlar yomonlaşuviga javoban yadroviy inşootlarni modernizatsiya qiliş dasturi bir qismidir, deb yozadi The Telegraph. Moskva 2023 yil sentabrida AQŞ yadro qurolining Britaniya hududiga qaytarilişini «keskinlaşuv sari qadam» sifatida körişini oçiq aytdi. 

Gazetaning ta’kidlaşiça, yadroviy qurol ilgari sovuq uruş davrida Leykenxit aviabazasida joylaştirilgan edi. Biroq, 2008 yilda Qöşma Ştatlar uni Britaniyadan olib çiqib ketdi, çunki sovuq uruş davridan beri Moskva tahdidi pasaygandi, deb qöşimça qiladi naşr.

Avvalroq Vaşington Britaniya qirollik harbiy-havo kuçlarining uşbu bazasida yadroviy qurol olib yurişga qodir bölgan F-35 köp funksiyali qiruvçi samolyotlarining ikkita eskadrilyasini joylaştiriş niyati borligini ma’lum qilgan edi. AQŞ prezidenti Jozef Bayden 2022 yil iyun oyida Vaşington «xavfsizlik muhitidagi özgarişlarga javoban Yevropadagi kuçlar muvozanatini» kengaytirişini aytdi.