2024 yil 27 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida joylaşgan “Döstlik” bojxona postida bojxona xodimi çegarani kesib ötayotgan ayolga juda qöpol munosabatda bölgani va uning sumkalarini tepib taşlagani tasvirlangan video tarqaldi.

Videoda bir guruh bojxona xodimlari quyuşqondan çiqayotgan xodimning xatti-harakatlarini xotirjam tomoşa qilib turgani tasvirlangan. Bundan taşqari, xodim yölovçi ayolga baqirayotgan kezda xodimlardan biri öşa yerdan ötib ketayotgan boşqa bir ayolning yelkasiga ilingan katmonsimon kiçik sumkaçaga qöl yuborganini (!) ham köriş mumkin.

Andijon viloyati bojxona boşqarmasi öz munosabatida videodagi hodisa 2023 yil 25 oktyabr kuni bölganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, hozirda xodimning xatti harakatiga nisbatan xizmat tekşiruv tayyorlanib, suriştiruv işlari olib borilmoqda. Natijasi böyiça qöşimça ma’lumot beriladi.