Ğazo va Livandagi vaziyat

HAMASning Ğazo sektorida barpo etilgan yerosti tunnellarining 80 foiziga zarar yetkazilmagan. Bu haqda Wall Street Journal naşrining manbalari xabar berişmoqda.

AQŞ va Isroil mutaxassislarining fikriça, 7 oktyabrdan buyon davom etayotgan Isroil hujumlari natijasida Ğazodagi ulkan tunnellar tarmoğining faqat 20–40 foizi işdan çiqarilgan yoki zararlangan bölişi mumkin va ularning katta qismi Ğazoning şimoliy qismida zarbaga uçragan.

Isroil Ğazodagi bosqinini bas qilib, Livandagi «Hizbulloh» harakati bilan jangga kirişişi mumkin. Nomi oşkor qilinmayotgan arab davlatlaridan biri Livandagi şialarning «Hizbulloh» harbiylaşgan harakatiga bergan razvedka ma’lumotlariga köra, Isroil ayni paytda Livanga bostirib kirişni rejalaştirmoqda. Bu hol mintaqada taranglik yanada avj olişiga olib keladi.

Livanga bostirib kirişdan közlangan maqsad — «Hizbulloh»ning hujum salohiyatini Litani daryosidan narigi yoqqa itqitib taşlaş. «Hizbulloh» ayni paytda vaqti-vaqti bilan Isroilning şimoliy hududlariga raketa va dron zarbalari uyuştirib kelmoqda. 

Qizil dengizda nima gap?

Husiyçilarning Rossiyadan yuklangan neft mahsulotlari ortilgan tankerga hujumi jahon neft bozorlariga salbiy ta’sir ötkazişi mumkin, deb yozadi Bloomberg agentligi.

Yamanlik husiyçilar Rossiya nefti ortilgan Marlin Luanda neft tankeriga hujum qilgan. Agentlikka köra, ayni damda Suvayş kanali orqali asosan Rossiya nefti taşilmoqda. Garçi husiyçilar Rossiya va Xitoy mahsulotlari ortilgan kemalarga teginmaslikka va’da bergan bölsa-da, kafolat Rossiya neft mahsulotlari ortilgan tankerga raketa hujumi AQŞ, Isroil va Buyuk Britaniyaga kuçsiz aloqasi bölgan kemalarga taalluqli bölmasligini bildirmoqda.

Marlin Luanda tankeri operatori Londondagi Oceanix Services firmasi ekani husiyçilarga unga hujum qiliş uçun asos bölgan. Bloomberg agentligining qayd etişiça, husiyçilar öz nişonlarini oçiq manbalardan suriştirib topişmoqda, Rossiyadan neftni esa asosan egasi noma’lum bölgan «yaşirin flot» deb ataluvçi tankerlar taşimoqda.  

Bu esa Rossiya tomonidan Qizil dengiz orqali Osiyo mamlakatlariga eksport qilinayotgan 3 mln barrel neft xavf ostida ekanini bildiradi. Hujum yuz berganidan söng neft narxlari barreliga 2 dollarga kötarilgan.