Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatida öquvçilarning ovqatdan zaharlanişi qayd etilib, jinoyat işi oçildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Aniqlanişiça, hodisa 18 yanvar kuni sodir bölgan. Maktab-internatga autsorsing xizmati körsatgan xususiy korxona tomonidan iste’molga yaroqsiz bölgan mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlangan. Oqibatda 33 nafar öquvçi ötkir gastrit alomatlari bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan.
Tezkor-tergov guruhi tomonidan olib borilgan suriştiruvda maktab oşxonasidan olingan ayrim mahsulotlar sanitariya me’yorlari qoidalari va gigiyena normalari talablariga javob bermasligi hamda oşxona jihozlaridan foydalaniş tartib qoidalariga rioya qilinmaganligi, bu esa bolalar örtasida «yuqumli oşqozon içak kasalliklari bilan kasallanişga» olib kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Sariosiyo tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) 4-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Aybdorlar 7 yildan 12 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.












