Bir qança manbalar Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy iste’foga çiqqani haqida xabar berdi. Ukraina Mudofaa vazirligi buni tasdiqlamadi.
«Interfaks Ukraina» mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatiga yaqin manbaga tayanib yozganidek, Zalujniyning iste’fosi böyiça kelişuv uning prezident bilan uçraşuvida erişilgan.
Xalq deputati Aleksey Gonçarenko sözlariga köra, Zalujniyga iste’foga çiqişi haqida aytilgan, ammo hozirça heç qanday farmon yöq. Gonçarenkoning ta’kidlaşiça, boş qömondonga Yevropa davlatlaridan birida elçi lavozimini taklif qilişgan, ammo u rad javobini bergan.
Sobiq xalq deputati Borislav Bereza ham Ukraina prezidenti idorasidagi manbalariga tayanib Zalujniy işdan olinganini ma’lum qildi.
Jurnalist Roman Tsimbalyukning yozişiça, boş qömondon lavozimini Ukraina harbiy razvedkasining amaldagi rahbari Kirill Budanov egallaydi.
«Tsenzor.net» naşri öz manbalariga tayanib, Zalujniyning iste’foga çiqişi töğrisidagi farmon imzolangani, şuningdek, Budanovning yangi qömondon bölişi haqida xabar berdi.
Prezident Volodimir Zelenskiy, Ukraina prezidenti idorasi va Valeriy Zalujniyning özi hali iste’fo haqidagi xabarlarga rasmiy izoh bermadi.
Ukraina Mudofaa vazirligi Zalujniy iste’fosi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
«Hurmatli jurnalistlar, biz hammaga şunday javob beramiz: Yöq, bu haqiqat emas», deyiladi bayonotda.














