Tahlilçilar 2023 yil yakunlari böyiça Özbekistondagi korrupsiyaga qarşi kuraşiş darajasini 100 balldan 33 ballga baholagan. Bu – bir yil oldingiga qaraganda 2 ballga yuqoriroq.
Avvalgi yillarda Özbekistonning örni:
- 2022 yilda 126-örin;
- 2021 yilda 140-örin;
- 2020 yilda 146-örin;
- 2019 yilda 153-örin;
- 2018 yilda 158-örin.

Korrupsiyani seziş indeksi 1995 yildan buyon e’lon qilib kelinadi. Bu – davlat tizimida korrupsiyaning qabul qiliniş darajasini aks ettiruvçi hamda ekspertlar va işbilarmonlar sörovi asosida şakllanuvçi 13 ta manbadan taşkil topgan har yillik indeks hisoblanadi. Mezonga köra, 0 ball – korrupsiyani qabul qilişda eng yuqori körsatkiç, 100 ball – eng past şkala hisoblanadi.

2022 yil yakunlari böyiça reytingda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar sifatida quyidagilar körsatilgan:
1. Daniya – 90 ball;
2. Finlandiya – 87 ball;
3. Yangi Zelandiya – 85 ball;
4. Norvegiya – 84 ball;
5. Tsingapur – 83 ball;
6. Şvetsiya – 82 ball;
6. Şveytsariya – 82 ball;
8. Niderlandiya – 79 ball;
9. Germaniya – 78 ball;
10. Lyuksemburg – 78 ball.
Sobiq SSSR mamlakatlari orasida korrupsiya darajasi eng past davlat – Estoniya (reytingda 12-örin). Litva 34 -, Latviya 36-, Gruziya 49-örinni egallagan. Belarus 98-, Ukraina 104-, Rossiya 141-örinda qayd etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğistonda 93-, Qirğiziston 141-, Tojikiston 162-, Turkmaniston 170-örinda.

















