Qaşqadaryo viloyati, Yakkaboğ tumani, «Töqboy» mahallasi hududida hokim yordamçisi P.R. tomonidan 20 tup na’matak va 5 tup olça daraxti noqonuniy kesilgani aniqlandi. Bu viloyat Ekologiya boşqarmasi, Yakkaboğ tuman bölimi inspektorlari tomonidan ötkazilgan nazorat reyd tadbirida ma’lum bölgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 79-moddasi (Daraxtlarni, butalarni, boşqa ösimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, kundakov qiliş, şikastlantiriş, yöq qiliş yoki boşqa joyga köçirib ötkaziş) 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Daraxtlar kesilişi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming söm zarar yetkazilgan. Şuningdek, huquqbuzar 3 mln 400 ming söm miqdorida jarimaga tortilgan.
Qayd qilinişiça, u jami 12 million 750 ming söm miqdorida tovon tölaydi.













