Rossiya internet tarmoğida qisqa muddatli ommaviy uziliş sodir böldi. Foydalanuvçilar bir qator operatorlarning interneti tarmoğidagi nosozliklar, şuningdek, ba’zi xizmatlar va saytlarga kiriş bilan boğliq muammolar haqida şikoyat qildilar. Uziliş taxminan 1 soat davom etdi.
Kirişda muammo yuzaga kelgan resurslar orasida foydalanuvçilar «Yandeks», «VKontakte» va Ozon, şuningdek, yirik banklar va marketpleyslar, ommaviy axborot vositalari veb-saytlarini sanab ötişdi.
Ixtisoslaşgan «Kod Durova» telegram-kanali RU domen zonasida keng kölamli nosozlik yuz berganini yozdi. «Mahalliy domen zonasida domen nomlarini rezolv qiliş bilan boğliq muammolar mavjud — qöpol aytganda, DNSSEC işdan çiqdi. Şu sababli hozir Runetda yuzlab xizmatlar va saytlar işlamay qoldi», deyiladi xabarda.
Network Freedoms Rossiya rasmiylari «mamlakatdagi barça foydalanuvçilarni milliy DNS-serverga köçirişga harakat qilişi haqida uzoq vaqtdan beri ogohlantirib kelganini» esladi va bu hozir sodir bölyapti, deb xulosa qildi.
Milliy domenlarni boşqaruvçi .RU/.RF domenlarini muvofiqlaştiriş markazi «global DNSSEC infratuzilmasi» bilan boğliq muammo mavjudligini tasdiqladi.
Rossiya Raqamli rivojlaniş vazirligi, şuningdek, .RU zonasida «DNSSEC global infratuzilmasi bilan boğliq» texnik muammo yuzaga kelganini tasdiqladi va «yaqin orada .RU zonasidagi saytlarga kiriş qayta tiklanişini» ma’lum qildi.
Taxminan 1 soat davom etgan uzilişdan keyin internet tarmoği faoliyati tiklandi.












