Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani Paxtakor mahallasida Open budget’da yutgan mahallaning köçasida loyning ustiga asfalt yotqizilayotgani aytilgan video tarqaldi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, videoda tilga olingan muammo mutasaddilar iştirokida örganilgan.

Örganiş davomida “Taşabbusli budjet”ning 2023 yil 2-mavsumida ğolib bölgan Paxtakor mahallasi köçalarini pudratçi “Surxon Servis Baraka” MÇJ bajarayotgani aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, pudratçi 2024 yil 25 yanvar kuni asfaltlaş işlarini amalga oşirayotib, ob-havo noqulay kelgani sababli işni töxtatgan.

Asfalt qilingan yölning 34 metr qismida namgarçilik kuzatilgani sababli iş sifatsiz bajarilgan. Pudratçiga sifatsiz yotqizilgan asfaltni qayta amalga oşiriş böyiça 29 yanvar kuni yozma körsatma berilgan. Holat tuman prokuraturasi nazoratiga olingan.

















