Ğazodagi vaziyat

Isroilning Ğazo sektoriga keng kölamli bosqini tufayli halok bölayotganlar soni ortişda davom etmoqda. Ayni paytgaça qurbon bölgan falastinliklar soni 26 ming 422 kişiga yetgan. Yaradorlar soni 65 mingga yaqinlaşmoqda.

Boz ustiga, sektorga insonparvarlik yordami yetkazilişiga tösqinlik qilinişi vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda.

«Biz yana bir fojia bilan töqnaş keldik. Biz Isroil tomonidan garovga olingan millionlab insonlarning halok bölişi tahdidiga duç keldik. Ğazoga qöyilmayotgan insonparvarlik yordami va dori-darmonlar sektor içidagi buyuk halokatning deboçasi bölişi mumkin. Jahon hamjamiyati 2 milliondan ziyod garovdagilar oçarçilik va epidemik kasalliklarga duç kelmasligining oldini oliş uçun turli usullarni qöllayapti. Men falastinliklar qirilib ketmasligi uçun barçani çoralar körişga çaqiraman», — degan Turkiya taşqi işlar vaziri Xoqon Fidan Albaniya poytaxti Tirana şahrida.

Parijda Ğazo sektori böyiça yangi bitim ma’qullangan. Unda Isroil, AQŞ, Misr va Qatar vakillari qatnaşgan, deb xabar beradi NBC telekompaniyasi.

Ğazo sektorida garovda uşlab turilgan isroilliklarni bosqiçma-bosqiç ozod qiliş böyiça loyiha HAMASga duşanba kuni yetkazilgan.

Yangi variantdagi kelişuv ikki oylik otaşkesim, garovdagilarni isroilliklarni qamoqdagi falastinliklar evaziga yoş bolalar va ayollardan boşlab bosqiçma-bosqiç ozod qilişni nazarda tutadi.

Vengriya qörqmayapti

Vengriya Yevropa Ittifoqining şantajlaridan qörqmaydi, degan mamlakatning Yevropa Ittifoqi işlari böyiça vaziri Yanoş Boka.

U Financial Times naşrida çop etilgan maqolani şarhlagan. Maqolada aytilişiça, agar Vengriya hukumati Ukrainani moliyalaştirişni ma’qullaşdan boş torsa, Yevropa Ittifoqi Budapeştga qattiq bosimlar ötkazişga tayyor. Strategiyaga köra, Vengriyaning «iqtisodiy ojizliklari» nişonga olinadi va uning milliy valutasi — forint kuçsizlantiriladi.

Bokaning aytişiça, Bryussel siyosiy bosim ötkaziş uçun Yevropa Ittifoqi fondlaridan foydalanmoqda.