Akkumulyatordan boşlangan biznes – BYD qanday qilib dunyo darajasidagi kompaniyaga aylandi?
|21:16 / 01.02.202429 89116 min
Bugun dunyo böylab elektromobillar ommalaşib bormoqda. Bunday turdagi maşinalar bozorida raqobat keskinlaşyapti. Ana şunday şaroitda Xitoyning BYD körsatkiçlarini tobora oşirib, dunyodagi elektromobil işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniyalardan biriga aylandi.
Londondagi Rho Motion tadqiqot kompaniyasi hisobotiga köra, 2023 yilda dunyo böylab 13,6 mln dona elektromobil işlab çiqarib sotilgan. Ulardan 9,5 mln donasi elektromobillar, 4,1 mln donasi gibrid avtomobillarni taşkil etgan.
2023 yil dekabrda dunyo böylab 1,5 mln dona elektromobil sotilgan va bu hozirça elektromobillar savdosida oylik körsatkiç böyiça rekord hisoblanadi.
2023 yilda elektromobillar savdosi eng köp AQŞ va Kanadada oşgan – 2022 yilga nisbatan 50 foiz köp. Yevropa Ittifoqida 27 foiz, dunyoning yana bir yirik bozori bölgan Xitoyda 15 foiz köp sotilgan.
2023 yilda dunyoda sotilgan har beşta avtomobilning biri elektromobil bölgan. 2022 yilda 7,8 million dona elektromobil sotilgan va har önta avtomobilning biri elektromobil bölgan. Öşa yili elektromobillar savdosi 2021 yilga qaraganda 68 foizga oşgan.
Xalqaro energetika agentligi hisobotiga köra, umumiy hisobda sönggi 3 yilda elektromobillar savdosi 5 barobar oşgan. 2023 yilda dunyoda işlab çiqarilgan elektromobillarning 50 foizi Xitoyda tayyorlangan.
2023 yil yakunlariga köra Tesla yil davomida 1,8 mln dona elektromobil sotib, birinçi örinni saqlab qolgan. Xitoyning BYD kompaniyasi esa 2023 yilda 1,6 mln dona elektromobil sotgan.
Bozor kapitalizatsiyasi böyiça BYD 79,3 mlrd dollar (boşqa manbalarda 91 mlrd dollardan oşiqroq körsatilgan) bilan Xitoyda birinçi örinda, dunyoda esa uçinçi örinda turadi. Birinçi örinda Tesla joylaşgan – uning bozor kapitalizatsiyasi 761,5 mlrd dollar. Ikkinçi örinda Toyota – 248,2 mlrd dollar.
Biroq turli mutaxassislar yaqin bir neça yilda BYD bozor kapitalizatsiyasi böyiça Toyotaʼga yetib olişi mumkinligini taxmin qilişyapti.
Foto: alibaba.com
BYD tarixi
BYD kompaniyasi boşqa avtomobilsozlik kompaniyalariga qaraganda ança “yoş” hisoblanadi. Kompaniya 1995 yil fevralda Xitoyning Şenjen şahrida Van Çuanfu tomonidan taşkil etilgan. Unga asosiy mablağni yaqin qarindoşi Lyuy Sinyang bergan.
Van öz kompaniyasini taşkil etiş uçun bekorga Şenjen şahrini tanlamagandi. Bu şaharda öşa paytlarda sanoat, ayniqsa elektronika sohasi keskin rivojlanayotgandi.
Mavzuga oid
Kompaniya nomi Build Your Dreams (Orzularingizni quring) sözlarining qisqartmasidan olingan.
Kompaniya ilk taşkil etilganda faqat akkumulyator işlab çiqarişga ixtisoslaşgan edi. BYD avtomobil işlab çiqarişga keyinroq, 2000-yillar boşlarida ötadi.
2002 yilda kompaniya öz aksiyalarini Hongkong fond birjasiga çiqaradi. Öşa paytda BYD Xitoydagi eng yirik akkumulyator işlab çiqaruvçi kompaniyaga aylanib ulgurgandi.
2003 yilda BYD Xitoydagi Norinco Group (töliq nomi China North Industries Group Corporation Limited) köp tarmoqli davlat kompaniyasidan Şensi provinsiyasida joylaşgan Sinçuan şahridagi avtomobil zavodini sotib oladi.
Şundan söng kompaniya tarkibida BYD Automobile şu’ba korxonasi taşkil etiladi. Yangi korxona uçun Pekindan butlovçi qismlarni tayyorlovçi zavod sotib olinadi. Şanxayda konstruktorlik byurosi taşkil etiladi.
BYD Fler
Foto: www.autobip.com
Kompaniyaning ilk maşinasi beş eşikli ixçam Fler bölgan. Bu maşina Yaponiyaning Daihatsu kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan Daihatsu Mira modelidan köçirilgan bölib, avvallari Xitoyning boşqa kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. 2004 yildan boşlab esa model BYD Fler nomi ostida işlab çiqarila boşlangan.
BYD Automobile kompaniyasining öziga tegişli ilk model F3 deb atalgan. Bu modelni işlab çiqarişda Toyotaʼning Toyota Corolla maşinasi namuna sifatida tanlab olinadi.
2000-yillarning ikkinçi yarmida Xitoydagi avtomobil bozori kengaygani sababli BYD Automobile kompaniyasi ham tez rivojlana boradi. Natijada 2010 yildayoq kompaniya bir yilda 500 ming dona maşina işlab çiqarib sotişga muvaffaq böladi.
BYD F3
Foto: yandex.ru
2006 yilda BYD avtomobilsozlikda yana bir şu’ba korxonasini taşkil etadi. BYD Automotive Industry deb nomlangan bu kompaniyada avtobuslar, oğir yuk maşinalari, yöl qurilişida işlatiladigan elektrda harakatlanuvçi maxsus texnikalar va monorelslarda harakatlanuvçi poyezdlar işlab çiqariş boşlanadi.
2008 yilda dunyoning eng boy odamlaridan biri Uorren Baffetning Berkshire Hathaway holdingi BYD kompaniyasining 10 foiz aksiyalarini sotib oladi. Öşa paytda bu katta muvaffaqiyat edi.
Kompaniya avtomobil bozoriga kirib kelar ekan, boşdan öz oldiga elektromobillar işlab çiqarişni maqsad qilib qöygandi. Şu sababli 2008 yilda özining birinçi gibrid avtomobili BYD F3DM modelini işlab çiqaradi.
Aytgança, aynan şu BYD F3DM modeli dunyodagi birinçi gibrid avtomobili edi. Ya’ni BYD kompaniyasigaça heç bir kompaniya gibrid avtomobil işlab çiqarmagan.
2011 yilda BYD Germaniyaning Daimler kompaniyasi bilan qöşma korxona taşkil etadi va Denza markali maşinalarni işlab çiqara boşlaydi. Bu markadagi maşinalar hanuzgaça tayyorlanmoqda.
2013 yilda BYD öz modellarini tayyorlay boşlaydi. Birinçi model Qin (Xitoydagi tarixiy sulola Tsin nomidan olingan) deb ataladi. Kompaniya keyingi modellarni ham Xitoyda hukmronlik qilgan Tang (Tan), Yuan (Yuan), Song (Sun) i Han (Xan) kabi sulolalar nomi bilan ataşda davom etadi.
BYD Han
Foto: byd-2007.auto.sohu.com
Kompaniyaning yanada yuksalişi
2016 yilda BYD kompaniyasi dunyoga maşhur avtomobillar dizayneri Volfang Eggerni işga taklif etadi. Öşangaça Egger Audi kompaniyasida işlab kelayotgandi.
Egger kelgandan söng BYD maşinalarining taşqi va içki körinişlari özgaça köriniş oladi. Bu esa kompaniyada tayyorlanayotgan maşinalarning yanada ommalaşişiga sabab böladi.
2017 yilda dunyodagi elektromobillar işlab çiqaruvçi 10 ta yirik korxonadan oltitasi Xitoyda joylaşgandi. Bular BYD, FAW Group, SAIC, Geely, BAIC, Dongfeng kompaniyalari edi. Qolgan 4 tasi ham xitoyliklar bilan hamkorlik qilardi.
Öşa paytda Xitoydagi elektromobillar işlab çiqaruvçi korxonalarning eng yirigi BYD edi. Kompaniya Xitoy va Janubiy-Şarqiy Osiyodan çiqib, Amerika bozoriga kira boşlagandi.
2020 yilda kompaniya Toyota bilan elektromobillar işlab çiqaruvçi qöşma korxona oçadi. 2023 yil mart oyida BYD Taylandning Rayong provinsiyasida özining xorijdagi birinçi avtozavodini oçdi.
Ötgan yilning törtinçi çoragida kompaniya ilk marta elektromobillar savdosi böyiça dunyoga maşhur Tesla kompaniyasini quvib ötdi. Şu davrda Tesla dunyo böylab 484,5 ming dona, BYD esa 526,4 ming dona elektromobil sotdi.
2023 yilda kompaniya jami 3,02 million dona maşina sotdi. Şundan 1,57 mln donasini elektromobillar taşkil etadi.
BYD Tang
Foto: alibaba.com
BYD tarkibiga kiruvçi şu’ba korxonalarFoto:
Bugun BYD tarkibida avtomobillardan boşqa turli mahsulotlar işlab çiqaruvçi öndan oşiq şu’ba korxonalar bor. Ularda elektromobillar uçun akkumulyatorlardan tortib, quyoş panellarigaça işlab çiqaruvçi kompaniyalar bor.
· BYD Auto Industry Co., Ltd. – turli avtomobillar va riyelsli transportlarni tayyorlaydi;
· BYD Electronic (International) Co., Ltd. – investitsiya holdingi (Hongkongda joylaşgan);
· BYD Precision Manufacture Co., Ltd. – mobil qurilmalar va boşqa elektr uskunalar uçun turli jihozlar işlab çiqaradi;
· Huizhou BYD Electronic Co., Ltd. – yuqori aniqlikda elektr uskunalarni yiğadigan asosiy korxona hisoblanadi;
· Xi’an BYD Electronic Co., Ltd. – mobil qurilmalar uçun turli jihozlar işlab çiqaradi;
· BYD Auto Sales Co., Ltd. – BYD Auto Co., Ltd. va BYD Auto Industry Co., Ltd. tomonidan tayyorlangan turli avtomobillar va boşqa transport turlarini sotiş va ularga kafolatli texnik xizmat körsatiş bilan şuğullanadi;
· Changsha BYD Auto Co., Ltd. – avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini işlab çiqaradi;
BYD kompaniyasining elektrda harakatlanuvçi yuk maşinasi BYDGlobal
2023 yilda muvaffaqiyat bilan sotilgan modellar
Bugungi kunda BYD kompaniyasi 30 dan oşiq modelda, turli körinişdagi elektromobillar va avtomobillarni işlab çiqaradi. Avtomobillar orasida mini-xetçbekdan tortib sedanlar, krossoverlar, minivenlar, yöltanlamaslar va sport avtomobillargaça bor.
2023 yilda kompaniyaning bir qator modellari juda muvaffaqiyat bilan sotiladi.
BYD Dolphin. Kompaniya 2023 yilda bu modeldan jami 367 419 dona sotgan. 2023 yilda oylar taqsimida eng köp BYD Dolphin dekabr oyida sotilgan – 36 514 dona.
2022 yilda BYD Dolphin modelidan 205 417 dona sotilgan va 2023 yilda ösiş 79 foizni taşkil etgan. Ma’lumot uçun, BYD Dolphin xetçbek turidagi elektromobil bölib, u 2021 yildan işlab çiqarila boşlangan.
BYD Song. 2023 yilda BYD maşinalari orasida eng köp sotilgan model aynan BYD Song hisoblanadi. Yil davomida undan 640 749 dona sotilgan. 2022 yilda uşbu maşinadan 481 607 dona sotilgan va 2023 yilda ösiş 33 foizni taşkil etgan.
BYD Dolphin’dan farqli ravişda BYD Song gibrid va elektromobil körinişida bir neçta modeldan iborat. Şu sababli, 2023 yilda alohida modellar böyiça BYD Dolphin eng köp sotilgan model hisoblanadi.
BYD Dolphin
Foto: www.focus.de
BYD Seagull. 2023 yilda sotuv hajmiga köra BYD Seagull modeli 3-örinni egallagan. Undan yil davomida 280 217 dona, noyabrda 44 603 dona, dekabrda 50 525 dona sotilgan.
BYD Seal. Uşbu modeldan 2023 yilda 127 323 dona sotilgan. Dekabrda BYD Seal modelidan 20 093 dona sotilgan va 2022 yil dekabr oyiga nisbatan 31 foizga köp.
BYD Özbekistonda
BYD maşinalarining Özbekistonda sotila boşlanganiga bir neça yillar böldi. Sönggi yillarda “Özavtosanoat” AJ bu kompaniya bilan hamkorlik qilişga qiziqiş bildira boşladi.
Jumladan, 2022 yil dekabr oyining oxirida BYD va “Özavtosanoat” AJ yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar işlab çiqariş böyiça qöşma korxona taşkil qiliş kelişuvini imzolaganini e’lon qildi.
Oradan bir oy ötgaç 2023 yil 23 yanvar kuni UzAuto va BYD kompaniyalari rasman Özbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillarni işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanuvçi “BYD Uzbekistan Factory” MÇJ qöşma korxonasini röyxatdan ötkazdi.
Oradan bir neça kun ötib, BYD Özbekistonda uçta modelni işlab çiqarişi haqida xabar berildi. Bular, Chaser 05 (Xitoyda Destroyer 05) gibrid sedani, Han elektromobili va Song krossoveri ekani aytildi.
BYD Destroyer 05
Foto: www.91haoche.net
2023 yil mart oyida BYD kompaniyasining DM-i super gibrid modellari va elektromobillarining taqdimoti bölib ötdi. Taqdimotda “Özavtosanoat” AJ rahbari bilan birga BYD Auto Co.,Ltd boşqaruvi raisi örinbosari Ivan Tsao ham qatnaşdi.
Şundan söng 2023 yil 17 mart kunidan boşlab “Özavtosanoat” AJ BYD kompaniyasining DM-I super gibrid modellari va elektromobillariga şartnoma berişni boşladi.
2024 yil 24 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoyga taşrif buyurdi. Taşriy davomida Şavkat Mirziyoyev Xitoyning Şenjen şahridagi Xitoyning BYD kompaniyasi boş qarorgohi va texnologiyalar markaziga taşrif buyurdi.
Bu yerda davlat rahbari kompaniya prezidenti Van Çuanfu bilan birga Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yiğiş böyiça loyihani işga tuşirişga bağişlangan tantanali marosimda iştirok etdi.
Taşrif çoğida kompaniya Özbekistonga 10 minginçi avtomobilini yetkazib berganining ramzi sifatida Şavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobili hadya qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
BYD nega tez ommalaşdi?
2023 yilda BYD kompaniyasi elektromobillar va gibrid avtomobillar sotiş böyiça Tesla kompaniyasiga juda yaqin keldi. 2023 yil yakunlariga köra Tesla yil davomida 1,8 mln dona, BYD kompaniyasi esa 1,6 mln dona elektromobil sotgan.
Mutaxassislar Xitoy kompaniyasi 2024 yildayoq elektromobillar sotiş böyiça Teslaʼni ortda qoldirişini va dunyoda birinçi öringa çiqişini taxmin qilişmoqda.
Xöş, BYD kompaniyasida tayyorlangan elektromobillar nega tez ommalaşmoqda? Buning bir neçta sabablari bor.
Elektromobillarning narxi. Xitoyda işçi kuçi AQŞ va Yevropadagidan ança arzon. Şuning hisobidan BYD kompaniyasida tayyorlanayotgan elektromobillar tannarxi Teslaʼga qaraganda ança arzon çiqyapti. Aynan şu omil ham BYD elektromobillarning köproq sotilişiga sabab bölyapti.
Sifatning yaxşilanib borayotgani. BYD kompaniyasi özi işlab çiqarayotgan avtomobillarning sifatini yildan yil takomillaştirib, mukammal körinişga keltirmoqda. Şuningdek, ularning içki va taşqi körinişi ham çiroyli çiqmoqda. Bu esa elektromobillar ixlosmandlarini öziga ohanraboday tortmoqda.
Masalan, BYD Atto krossoveri bilan Tesla Model Y krossoverlari soliştirib köramiz. BYD Attöning narxi 50 ming dollar atrofida. Tesla Model Y esa 65 ming dollar atrofida sotilmoqda.
Tesla Model Y’ga 80 ming km masofani bosib ötgunça kafolat beriladi, BYD Attöga esa 150 ming km. Har ikkala maşinaning akkumulyatoriga 8 yil yoki 160 ming km masofani bosib ötgunça kafolat beriladi.
Foto: vetogate.com
ANCAP (Avstraliyaning transport xavfsizligi böyiça nufuzli reyting taşkiloti) reytingida har ikkala maşina eng yuqori beş yulduzli ballar olişgan.
Umuman olganda, BYD Atto va Tesla Model Y krossoverlarining texnik va boşqa körsatkiçlari, qulayliklari teng. Biroq narxdagi katta tafovut tufayli BYD Atto tez ommalaşmoqda.
Arzon va sifatli akkumulyatorlar. Bugun dunyodagi elektromobillar uçun işlab çiqarilayotgan akkumulyatorlarning asosiy qismini BYD kompaniyasi tayyorlaydi.
Ma’lumot uçun, sönggi yillarda dunyoda elektromobillar uçun işlab çiqarilayotgan akkumulyatorlarning qariyb 10 foizi BYD hissasiga töğri kelmoqda. Elektromobillariga kompaniyaning özida tayyorlagan akkumulyatorlarning örnatilişi ham BVD’ga ança ustunlik beradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi