Andijonda sodir etilgan 96 ta qoidabuzarlik uçun qarzdor fuqarodan 42 mln söm jarima undirilgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, MIB Andijon viloyati boşqarmasiga 2023 yil davomida yöllarda qoidabuzarlik sodir etib, jarimaga tortilgan şaxslardan ma’muriy jarimalarni undiriş bilan boğliq 100 mingdan ziyod ijro hujjati kelib tuşgan. Ijro harakatlari davomida 33 mlrd söm jarima pullari undirilgan.

Eng köp jarimani fuqaro X.Ş. tölagan. Undan 96 ta qoidabuzarlik holati böyiça 42 mln söm undirilgan. Ijro harakati davomida qarzdor uşbu ma’muriy jarimalar özi tomonidan emas, egaligida bölgan avtomaşinalar haydovçilari tomonidan qoidabuziş holatlariga yöl qöyilganda qöllanganini bildirgan.

Oldinroq 76 ta qoidabuzarligi bölgan namanganlik haydovçi 31 mln söm jarima tölagandi. U asosan tezlikni oşiriş hamda yöl çiziqlarini bosiş bilan boğliq qoidabuzarliklarni sodir qilgan.