Ta’lim va tarbiyadagi muammolarimiz xorijga çiqqanda körinib qolyapti: endigina ulğayib mehnat bozoriga kirib kelayotgan yigitlar orasida haq-huquqlarini talab qilişni bilmaslik, hatto qörqoqlik köp uçraydi. Huquqşunos Botirjon Şermuhammad va jamoatçilik faoli Rasul Kuşerbayev Kun.uz'ga bergan intervyusida Rossiyadagi vatandoşlar duç kelayotgan muammolarning şu va boşqa sabablari haqida söz yuritdi.

Yaqinda Rossiyaning Yekaterinburg şahrida quriliş obektlaridagi reyd davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari migrantlarni çökkalab yurişga majburlagani aks etgan video tarqaldi. Va bu Rossiyada migrantlarni tahqirlaş bilan boğliq ilk hodisa emas.

Kun.uz muxbiri şu voqea sabab bölib Rossiyadagi vatandoşlarga huquqiy kömak körsatib kelayotgan yurist Botirjon Şermuhammad va ekologiya vazirining maslahatçisi Rasul Kuşerbayev bilan suhbatlaşdi.

— Botir aka, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi ötirib yurişga majbur qilinganlar orasida özbekistonliklar bölmagan deb ma’lumot berdi. Siz şu masalani örganib kördingizmi?

Botirjon Şermuhammad: Aynan [tarmoqlarda tarqalgan] videoda Özbekiston fuqarolari yöq. Lekin umuman [öşa yerda] bir qança fuqarolarga reyd bölgan. Ular içida kamida 2 nafar Özbekiston fuqarosi bor deb aytildi. Biz bevosita borib örganişga imkoniyatimiz yöq, lekin keyin çiqqan xabarlarni öqidik. Ya’ni öşa voqeada Özbekiston fuqarolari bölgani aniq. Albatta, aynan videoda çökkalab yurganlar içida yöq. Lekin biz faqat videoga çiqqan jarayonni köryapmiz. Afsuski, videoda körinmagan holatda nima bölganini bilmaymiz. Qisqa videolavhani köryapmiz, ammo undan oldin yoki keyin, politsiya bölimida qanday munosabatda bölgan, uni bilmaymiz.

Aslida bu holatlar oxirgi yillarda yangilik bölmay qoldi. Mana şu narsaga bölgan munosabat sekin-sekin özimizda, mutaxassislarda, oddiy fuqarolarda ham qandaydir könikiş hissini paydo qilyapti. Aslida bu juda ham yomon holat. Ötgan 2023 yilda birinçi marta böldi: masjidga bevosita qöpol ravişda oyoq kiyimda kirib, namoz öqib turgan fuqarolarga şunday yomon munosabatda bölingandi. Ular orasida muhojirlar bilan bir qatorda, Rossiya fuqarolari ham bor edi.

Ya’ni ilgari masjidlarning oldida turilardi, [odamlar] çiqqanidan keyin tekşirilardi. Lekin içkariga bostirib kiriş, hammaga namoyişkorona tazyiq bölmas edi. Oxirgi yillarda, ayniqsa 2023 yilda reydlar, qattiq munosabatlar juda ham köpayib ketdi. Özi politsiya tomonidan qöpol munosabat oldindan bor. Ayniqsa maxsus bölimi bor, “OMON” (maxsus topşiriqli mobil otryad) deydi, şu tomonidan qattiq muomala böladi. Ular ham vaziyatga qaraydi: jamoat joylarida u darajada bölmasa ham, quriliş obektlari yoki şunga öxşaş joylarda qattiq holatlar böladi. Çunki u yerda politsiya xodimlarini uşlab turadigan omil yöq. Faqat videolar çiqib qolmasa, ularga birov tomonidan çora körilişi yöq.

Özi umuman, Rossiya IIV tomonidan xodimlarga nisbatan aynan mana şu sohada qilgan işlari uçun biror jazo qöllanganini körmaganmiz. Bizning Özbekiston taraf ham bu masala böyiça biror signal yoki boşqa körinişda murojaat qilgan emas. Prilepinning çiqişidan keyin TIV birinçi marta taklif qildimi yoki çaqirdimi, tuşunmadik... U yerda ham muhojirlarga nisbatan bölayotgan munosabat emas, faqatgina Özbekistonning suverenitetiga boğliq bölgani uçun şunday masala körildi. Ammo Qirğiziston, Tojikistondan farqli ravişda, aynan muhojirlar masalasida biror marta jiddiyroq çiqiş bölganini körmadik. Agar hukumatlar bu borada qattiq talab qilmasa, Rossiya heç qaçon özidan özi özgarib qolmaydi. Va Rossiyada muhojirlarni himoya qiladigan biror qatlamning özi yöq.

Ba’zi bir huquq himoyaçilariga çiqilardi, bu işlar noqonuniy ekanini tuşungan fuqarolar bor, lekin ular kamçilik. Köpi uruş boşlangandan keyin çiqib ketişga majbur bölişgan. Ya’ni aytmoqçimanki, Rossiyada muhojirlar huquqini himoya qilib, öziga reyting oladigan siyosatçilar ham, jamoatçilik vakillari ham yöq. Şuning uçun bu yerda faqat va faqat özimizning rasmiy hukumatimiz vakillaridan umidimiz bor xolos. U yerdagi özbek diasporalari, jamoatçilik taşkilotlari ham [migrantlar huquqlarini] u darajada jiddiy talab qila olmaydi. Çunki ularning hammasi Rossiya maxsus xizmatlarining bevosita nazoratida.

Bizning hukumatimiz ham norasmiy kanallari orqali özlarining munosabatini bildirayotgandir balki. Lekin u darajada jamoatçilikka ommaviy ravişda munosabat bildirgani yöq.

Rasul Kuşerbayev: Migrantlar bilan boğliq ğoz qilib yurgizilganlik holati bir körib qolganimiz, ya’ni jamoatçilikka çiqib qolgani. Iş şu darajaga yetib borganidan bilsa böladiki, bu odatiy tadbirlarning biri sifatida namoyiş etilyapti. Migrantlarga nisbatan bunaqa salbiy munosabatning şakllanişi birgina huquqni muhofaza qiliş yoki boşqa ma’lum bir sohalarga xosmi? Men bu fikrga qöşilmayman. Buning bu darajada ommalaşib borayotgani rasmiy Kremlning bu boradagi munosabati bilan bevosita boğliq.

Ya’ni xohlaymizmi yoki yöqmi, Kreml bugungi kunda migrantlarga nisbatan şunday munosabat bölişi kerakligini tom ma’noda qöllab-quvvatlayapti. Va mana şunday mehnat migrantlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakat qilganlar jazolanmayapti, bu tabiiy ravişda barça davlat tuzilmalarida migrantlarga salbiy munosabatda bölişi normal hol sifatida körib borilyapti. Agar “yöq, bu notöğri, bu qonunlarda taqiqlangan, insoniy gumanistik normalarga töğri kelmaydi” deganda, albatta, biz qaysidir holatda ularga nisbatan çora körilganini eşitgan bölardik. Bu birinçisi.

Ikkinçidan, bugungi kunda xohlaymizmi yoki yöq, migrantlardan ham qurol sifatida foydalaniş masalasi körilyapti. Kuni keça bölgan reyd haqidagi xabarlarning içida bir neçta fuqaroga harbiy xizmatga çaqiruv xatlari berilgani, “uruşga borasan”, deb berilgan qoğozlar ham çiqdi. Endi bu qançalik rost yoki yolğon, uni bilmadim, lekin aynan şu yerda xizmat qilayotgan mehnat migrantlariga şunday taklif bölgani boşqa tarmoqlar orqali ham ançadan beri aytib borilyapti. Bugungi kunda ularni nafaqat işlatiş, balki Ukraina bilan uruşda foydalaniş masalasi ham körilyapti.

Umumiy jamiyatda davlat tuzilmalarining olib borayotgan salbiy munosabati Kreml olib borayotgan siyosat bilan bevosita boğliq. Agar Kreml özining siyosiy qaraşlarini özgartiradigan bölsa, albatta, qolgan tuzilmalarda ham özgariş böladi. Agar özgartirmasa, mana şunday ketaveradi. Bu nafaqat Rossiyada, deyarli possovet davlatlarining hammasida mana şunday, ya’ni siyosiy kayfiyatga qarab boşqa tuzilmalar moslaşadi.

Hozirgi Putinning rejimida bu işlar davomli bölişi mumkin degan ehtimol yuqori.

Botirjon Şermuhammad: Bu yerda bir narsa-da: agar bizning hukumatimiz talab qilmasa, Kremldan yoki boşqa davlat hukumatidan buni kutiş notöğri. Biz hozir Rossiyadagi holatni aytyapmiz. Oddiy Gruziyaga boring, Qozoğistonga çiqib keling, Qirğizistonga “Döstlik”dan öting, hali men biror Özbekiston pasportiga ega insonni hurmat bilan çegaradan ötkazişganini körmadim. Gruziyaga xohlagan odamini qöyyapti, xohlamaganini yöq. Masalan, bizning operatorimizni qöymadi. Vaholanki, vizasiz rejim...

Juda köplab fuqarolarimiz bilan Qozoğiston, Qirğiziston çegaralarida pul talab qiliş holatlari uçraydi. Ya’ni bu kabi holatlar hamma yerda bor. Davlatimizning özi har bir fuqarolarimizni himoya qila olmasa, talab qila olmasa, özidan özi özgarib qolmaydi. Butun dunyo Isroil yoki AQŞ fuqarosini xafa qilib qöyadigan bölsa, munosabat boşqaça bölişini biladi. Çunki davlat talab qiladi. Davlat talab qilmas ekan, özgarmaydi.

— Umuman, migrantlarning oila bağridan ketib, xorijga çiqişi ijtimoiy-psixologik muammolarni keltirib çiqaradi. Agar tahqirlaniş kabi holatlar davom etadigan bölsa, ma’lum ma’noda yana qanday muammolar yuzaga kelişi mumkin deb öylaysizlar?

Botirjon Şermuhammad: Agar şu yaqin vaqtlarda Rossiyadagi uruş töxtamasa, Rossiyada muammo köpayib boraveradi, ayniqsa iqtisodiy muammolar. Biz köryapmizki, bular iqtisodiy muammodan xalqni çalğitiş uçun qaysidir qatlamni aybdor deb topişi kerak, şunday körsata olişi kerak. OAV, siyosatçilar tomonidan migratsiya masalasi çaynalaveradi. Siyosatçilar “migrantofob”ga aylanib qoldi, boşqa siyosiy taşabbus mavjud emas, faqat şu bilan çiqişmoqda. Har bir safar migrantlarni nimadir bilan çeklaş masalasi kötariladi, buni esa hamma qöllab-quvvatlaydi.

Ya’ni mana şunga öxşaş holatlar köpayib borişi mumkin. Çunki vaziyat şunday, sanksiyalar, iqtisodiy muammolar köpayib boryapti. Rossiyaning dunyodagi döstlari kamayib boryapti. Agar uruş töxtasa, sekin-sekin xalq özgaradi. Çunki biz körganmiz, jamiyatda hamma narsa yaxşilanib, rivojlanaversa, köpçilik muhojirlar haqida öylamaydi. Lekin muammolar paydo bölganida, birinçi navbatda kim aybdor, nega unday bölyapti degan savolga, öziga öxşamaganlar, öziga öxşab gapirmaganlar yoki taşqi körinişi öxşamaganlarni ayblaşga harakat böladi. Bu narsa Rossiyada juda avj olgan.

Sönggi yillarda yaxşi bölgani – Rossiyada muhojirlarni döpposlab, kaltaklaydigan millatçi guruhlarning yöq bölib ketgani edi. Hozirgi paytda şunday guruhlar paydo bölganini eşityapmiz. Bu narsa yöq bölib ketganiga 10 yildan oşib ketgandi, yana sekin-asta paydo bölayotganini eşityapmiz.

  • Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi – Mirvohid Mirrahimov.
Montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov.