28 yanvar tongida noma’lum dron Amerikaning Iordaniyadagi Tower 22 nomli harbiy bazasiga zarba bergandi. Hujum oqibatida amerikalik uç nafar harbiy xizmatçi halok bölib, 40 nafardan ortiği yaralangan. The Wall Street Journal naşri bilan suhbatda bölgan amerikalik mulozimning sözlariga köra, dronni Iroqdagi Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi jangarilar uçirişgan. Keyinroq Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singh bu hujumda «Kataib Hizbulloh» guruhi «izlari» közga taşlanganini aytib çiqdi. Ammo idora hozirgaça bu hujum ortida kim turgani borasida yakuniy ma’lumot bermadi.
AQŞ prezidenti Jo Bayden hujumdan keyin darhol amerikalik harbiylar bu zarbaga javob qaytarajagiga va’da berdi. Politico naşri Oq uydagi ikki mulozimga tayanib bergan ma’lumotga köra, Bayden öz maslahatçilaridan navbatdagi hujumlarning oldini olişi mumkin bölgan, şu bilan birga şusiz ham vaziyat murakkab bölib qolayotgan mintaqada mojaro keltirib çiqarmaydigan darajadagi javob variantlarini taqdim etişni söragan. «Biz yangi uruş izlamayapmiz. Biz eskalatsiyaga intilmayapmiz. Ammo biz talab etiladigan işni albatta amalga oşiramiz», — degan AQŞ Milliy xavfsizligi kengaşi vakili Jon Kirbi.

Planet Labs PBC/ AP / Scanpix / LETA
Zarba oqibatida halok bölganlar — Amerika qöşinining Ğazo sektorida uruş boşlanganidan buyon bergan ilk yöqotişlari. Pentagon ularning şaxsini oçiqlagan — bular serjant Uilyam Jyerom Rivers va ikki oddiy askar Kennedi Ladon Sanders hamja Breonna Aleksondria Moffett, ularning barçasi Jorjiyadagi 718-muhandislik rotasi harbiy xizmatçilari edi.
Tower 22 harbiy bazasi Suriya va Iroq bilan çegara yaqinida joylaşgan. Amerikalik ikki mulozim Reuters bilan suhbatda aytişiça, zarba erta tongda yöllangan va turar joy binosi yaqiniga kelib tuşgan, jabrlanganlar soni köpligi aynan şu bilan izohlanadi. The Wall Street Journal naşriga köra, harbiylar hujumning oldini ololmagani begona dron bazaga yaqinlaşganida amerikaliklar droni ham şu yerga qaytayotgan bölgani, bu esa harbiylar tahdidni aniqlaşiga tösqinlik qilgani bilan boğliq.













