Norvegiya fan va texnologiya universiteti ruçkada va klaviaturada yozganda miya qanday işlaşi ustida tadqiqot ötkazdi. 20 yoşlar atrofidagi 40 nafar talaba qatnaşgan örganişlarga köra, qöl ruçkani uşlab yozganda miyadagi boğlaniş şakllari klaviaturada harf tergandagidan murakkabroq böladi. Qölda yozilganda markaziy va boş miyadagi tarmoq markazlari va tugunlari örtasida murakkab boğlaniş kuzatiladi. Miyaning bu sohalarida va bunday çastotalarda ulaniş şakllari xotirani şakllantiriş va yangi ma’lumotlarni kodlaş uçun juda muhim. Şuning uçun ham biror narsani örganayotganda an’anaviy usulda yoziş foydali.

Tadqiqot qölda yoziş natijasida miyadagi faollik oşadi va örganiş qobiliyati yaxşilanadi deb xulosa qilgan. Şuning uçun olimlar maktabda bolalar erta yoşdan köproq yoziş maşğulotlari bilan şuğullanişini maslahat beryapti.

“Maktabda qöl yozuvi amaliyotdan foydalaniş muhim va şu bilan birga rivojlanib borayotgan texnologik yutuqlarni kuzatib boriş ham muhim. Ma’lum bir örinlarda an’anaviy qöl yozuvi, yana boşqasida klaviatura bilan maşq qilgan ma’qul”, – deyiladi tadqiqotda.