31 yanvar kuni Yevropaning beşta yetakçi ligasida qişki transferlar oynasi yopiladi. Klublar allaqaçon qator futbolçilarni öz saflariga qöşib olişgan, ammo har safar dedlaynda qiziqarli kelişuvlar ham e’lon qilinadi. Sönggi kun davomida yana qanday transferlar kutilmoqda?

Armando Broya: «Çelsi» → «Vulverhempton»

Armando Broya
Foto: MIKE HEWITT/GETTY IMAGES

«Çelsi» hujumçisi Maurisio Poçettinoda yaxşi taassurot qoldira olmadi. 22 yoşli albaniyalik barça turnirlar doirasidagi 19 öyinda atigi ikki gol urgan. Endi «Çelsi» uni sotiş uçun variantlar izlamoqda. Broyaga da’vogarlardan biri — «Vulverhempton». «Börilar» Armandoni sotib oliş şartisiz ijaraga oliş böyiça taklif yuborgan. Ammo «Çelsi» bu taklifni rad etib, klubni oddiy ijara kelişuvi qiziqtirmasligini bildirgan. Yanvar oyi örtalarida The Telegraph londonliklar Broyaning transferini 60 mln yevroga baholayotgani haqida xabar tarqatgandi. «Çelsi» asosiy tarkib futbolçisi bölmagan Broya uçun bunday katta mablağ işlab olişi dargumon, lekin katta ehtimol bilan qolgan soatlar içida albaniyalik futbolçi uçun xaridor topiladi.

Fakundo Pellistri: «Mançester Yunayted» → «Granada»

Fakundo Pellistri
Foto: BRYN LENNON/GETTY IMAGES

22 yoşli vinger «MYu» öyinlarida asosan zaxiradan tuşiriladi. U barça turnirlar doirasidagi 14 öyinda atigi bitta assist muallifi bölgan. Va bu «Yunayted»da qanot hujumçilari va yarimhimoyaçilar taqçilligi kuzatilayotgan davrda. Antoni özidan kutilgan öyinni körsata olmayapti, Markus Reşford tungi klublarni kezmoqda, Jyeydon Sanço esa «Borussiya»ga qaytib ketdi. Umuman olganda, urugvaylik futbolçida asosiy tarkibga kirib oliş imkoniyati bor edi, ammo u bundan foydalana olmadi. Endi esa, Fabritsio Romanoning ma’lumotiga köra, u mavsum yakuniga qadar ijara asosida Ispaniyaning «Granada» klubiga yöl oladi. Kelişuvga sotib oliş huquqi haqidagi band kiritilmagan, şuningdek, «MYu» futbolçining maoşining bir qismini tölaşda davom etadi. Bu transfer haqida yaqin vaqtlar içida e’lon qilinişi kutilmoqda.

Eldor Şomurodov: «Roma» → «Salernitana»