2023 yil inflatsiya darajasidan kelib çiqib, 2024 yil uçun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kişi boşiga 621 ming söm etib belgilangandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi MIX miqdorining özgarişi ijtimoiy tölovlar va nafaqalar miqdoriga qanday ta’sir körsatganini tahlil qilib çiqdi.
2024 yil 1 fevraldan boşlab quyidagi nafaqalar miqdori 608 ming sömdan 621 ming sömga oşirilgan:
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarning yoşga doir nafaqalari (74,9 ming nafar);
- boquvçisini yöqotganlik uçun nafaqa oluvçilarning nafaqalari (51,2 ming nafar);
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolaning parvarişi bilan band bölgan qonuniy vakilning (68,4 ming nafar) parvarişlaş nafaqalari.
Bundan taşqari, xususiy sektorda işlovçi ayollarga tölanadigan homiladorlik va tuğiş nafaqasining davlat budjetidan qoplanadigan miqdori ham 2 mln 272 ming sömdan 2 mln 484 ming sömga oşiriladi.
Şuningdek, minimal iste’mol xarajatlari miqdorining oşirilişi natijasida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali qöşimça 63 ming nafar kam ta’minlangan oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanişi kutilmoqda.
Minimal iste’mol xarajatlari qiymatining qayta körib çiqilişi natijasida joriy yil yakuniga qadar 216 mlrd söm mablağ yönaltiriladi.
Ma’lumot uçun, parvarişlaş hamda ayollarga tölanadigan homiladorlik va tuğiş nafaqalarini tayinlaş uçun fuqarolarning murojaati talab etilmaydi.












