Özbekistonda pedagoglar sudga şikoyat qilganda davlat boji tölamasligi belgilandi. 

Prezident tomonidan imzolangan «Pedagogning maqomi töğrisida»gi qonun bilan «Davlat boji töğrisida»gi qonunga qöşimçalar kiritildi. Unga köra, endilikda pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oşiriş davomida öz şa’ni, qadr-qimmati va işçanlik obrösini himoya qiliş bilan boğliq işlar yuzasidan Fuqarolik işlari böyiça sudlarda davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi.

Şuningdek, pedagog xodimlar kasbiy faoliyatini amalga oşiriş davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining ğayriqonuniy qarorlari, mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma’muriy sudlarga şikoyat qilganda davlat bojini tölaşdan ozod qilinadi.