Samarqand viloyatida belgilanmagan joyga çiqindi taşlagan şaxs jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat ekologiya boşqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 31 yanvar kuni Samarqand tumani “Yangiariq most” MFY hududida fuqarolardan biri Damas maşinasida kelib belgilanmagan joyga çiqindi taşlagan.
Samarqand şahar davlat inspektorlari tomonidan qoidabuzar şaxsga MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan 1,7 mln söm jarima qöllangan.
Fuqaroning bu qoidabuzarligi öşa atrofga örnatilgan kuzatuv kamerasiga tuşib qolgan.
Qayd etilişiça, sönggi paytlarda atrof-muhit tozaligini saqlaş maqsadida Samarqand şahri va viloyatning turli hududlarida aholi gavjum joylarda kuzatiş kameralari örnatilmoqda.
Birgina Samarqand şahrida bunday kameralardan 25 dona örnatildi. 2024 yil söngigaça viloyat hududida 100 ta kamera örnatiş rejalaştirilgan.
Ma’lumot uçun, belgilanmagan joylarga çiqindi taşlagan fuqarolar va avtomaşinalar egalariga nisbatan BHMning 3 barobaridan 10 barobariga qadar ma’muriy jarima qöllanadi.












