Boş prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyat boşqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga köra, fuqarolar A.X., M.K. va M.K. (muqaddam Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan sudlangan) jami 4000 AQŞ dollarini fuqaro J.Z.ga 49,8 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Xuddi şunday, departamentning Urganç şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan D.B. jami 3 000 AQŞ dollarini fuqaro S.M.dan plastik karta orqali 37,1 mln sömga sotib olgan vaqtida aşyoviy dallilar bilan uşlangan.
Şu kabi, departamentining Jondor tumani bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan Q.J. (muqaddam Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan sudlangan) jami 2 800 AQŞ dollarini fuqaro E.Z.ga 34,8 mln sömga sotgan vaqtida uşlanib, uning yonidan 4 605 AQŞ dollari, 10 000 Rossiya rubli va 29,6 mln söm aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












