Buxoro şahrida «Boqiy Buxoro» tarixiy-etnografik parki barpo etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Park hududidan etnografik muzey, Buxoro vohasi uçun xos bölgan tarixiy mahallalar, aholi uçun xizmat körsatuvçi çoyxonalar va milliy taomlar tamaddixonalari, an’anaviy drenaj tizimlari - ariq va hovuzlar, hunarmandlar rastalari, zargarlik, zardözlik, kaştaçilik, yoğoç öymakorligi, temirçilik, kulolçilik, naqqoşlik, piçoqçilik kabi amaliy san’at ustaxonalari örin oladi.



Majmua markazida, şuningdek, musiqali favvora ham taşkil etilişi közda tutilgan. Etnografik park barpo etilişida xalqaro ekspertlar guruhi va mahalliy mutaxassislar jalb etiladi. Bu hududdagi barça işlar YuNeSKO Boş konferensiyasi tomonidan 1972 yil 16 noyabrda qabul qilingan Umumjahon madaniy va tabiiy merosining muhofazasi böyiça konvensiya talablari asosida amalga oşiriladi.


«Öz örnida qayd etiş kerakki, bu loyiha asosida möljallangan hududning uçdan ikki qismida Buxoro aholisi va mehmonlar sayr qilişi uçun muhtaşam saylgoh (yaşil boğ) bunyodga kelişi möljallangan. Bunda loyiha hududida «Yaşil Buxoro» dasturiga muvofiq ilgari taşkil etilgan maydondagi daraxtlar va yaşillik qiyofasi töliq saqlab qolinadi hamda yangi boğ manzarasi sifatida yanada boyitiladi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.















