2023 yilning noyabr oyida We Digital agentligi marketing va kreativ sohasida vazifalarni samarali bajariş uçun sun’iy idrokni (SI) audio-, videokontent va matnlarga integratsiya qiluvçi SI laboratoriyasini işga tuşirdi.

Matnlarni tuziş, savollarga javob beriş va tabiiy suhbatni imitatsiya qila oladigan ilğor sun’iy idrok texnologiyasi ChatGPT bazasida işlab çiqilgan Uzbek Expert çat-boti uşbu laboratoriyaning loyihalaridan biri böldi.

Uzbek Expert özbek tili bilan işlaydigan kontent-kreatorlar uçun möljallangan. U tarjima va kontekstni tuşuniş bilan boğliq muammolarga yeçim topadi, ayniqsa Google va Yandex kabi onlayn tarjimonlar tarjimada qiyinçilikka duç kelsa. Uşbu bot PDF-fayllarni öqiy oladi hamda özbek tilida keng luğat bazasiga ega bölib, özbekça-rusça va özbekça-inglizça luğatlardan foydalaniş imkoniyatiga ega. Bu botga kontekst va grammatikani yaxşiroq tuşuniş imkoniyatini beradi, özbek tilidagi OAV yangiliklaridan foydalaniş imkoniyati esa dolzarb kun tartibini inobatga olişda qöl keladi.

“Uşbu çat-bot yordamida biz kopirayterlar va kontent-kreatorlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqdamiz. U özbek tili bilan işlaşni yengillaştiradi va kontekstni yanada aniqroq tuşuniş evaziga material sifatini oşiradi”, — deydi We Digital boşqaruvçi hamkori Denis Roman.

SI laboratoriyasi bölim boşliği Hikmatilla Ubaydullayev çat-bot yaratilişi ortida katta mehnat va köplab tajribalar turganini ta’kidlaydi. “Uzbek Expert jurnalistlar va kopirayterlarning kundalik faoliyatida samarali yordam bera olişidan faxrlanamiz”.

Uzbek Expert çat-botidan har bir xohlovçi foydalanişi mumkin, faqatgina ChatGPT-4 versiyasiga obuna talab etiladi xolos.