O‘zbekistonda sanatoriyga bepul yo‘llanmani kimlar olishi mumkinligi ma’lum qilindi
Ayrim toifa fuqarolar bu imkoniyatdan har yili, boshqalar esa ikki va uch yilda bir foydalanishi mumkin.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy milliy himoya agentligi sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladigan shaxslar toifalari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bir yilda bir marotaba — navbat asosida:
- urushda nogironlikni orttirgan shaxslarga tenglashtirilgan fuqarolar;
- Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;
Ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
- urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironligi bor shaxsni kuzatib boruvchi fuqaroga;
Uch yilda bir marotaba — navbat asosida:
- yoshga doir pensiya oluvchilarga.
Ma’lumot uchun, respublika bo‘ylab Agentlik tasarrufidagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarni qabul qilishning bir vaqtdagi qabul quvvati 1 722 nafar, yillik quvvati 51 660 nafarni tashkil etadi.
Bugungi kunda sanatoriyga yo‘llanma uchun navbatda turgan shaxslar umumiy soni 352 000 dan ziyod.
2024 yil yanvar oyi holatida O‘zbekistonda 3,9 mln nafar pensiya oluvchi bor.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
Mavzuga oid

17:47 / 15.10.2024
Toshkent tumanidagi “Shifobaxsh suvlar” hududida yana 5 ta sanatoriy quriladi

22:35 / 19.09.2024
«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi

21:39 / 02.02.2024
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanma olishning yangi moduli ishga tushiriladi

22:28 / 30.01.2024