AQŞ senatorlari Ukraina, Isroilga yordam beriş va AQŞ janubiy çegarasini mustahkamlaş uçun mablağlarni birlaştirgan umumiy qiymati 118 milliard dollarlik qöşimça moliyalaştiriş böyiça uzoq kutilgan ikki partiyaviy qonun loyihasi böyiça kelişib oldilar.
AQŞ prezidenti Jo Bayden qonun loyihasini qöllab-quvvatladi va Kongressdan uni qabul qilişni keçiktirmaslikni söradi, deb xabar berdi BBC.
Dastlabki ovoz beriş hafta örtasida bölib ötişi kutilmoqda, biroq qonun loyihasi köpçilikni taşkil etuvçi respublikaçilar palatasida jiddiy qarşiliklarga duç kelişi hozirdan ma’lum.
Senatorlar ötgan kuzdan beri kelişuvga erişa olmagan edi. Asosiy sabab respublikaçilar va demokratlar örtasidagi Meksika bilan çegarani mustahkamlaş çoralari va immigratsiya siyosatini kuçaytiriş borasidagi kelişmovçiliklar böldi. Respublikaçilar avvalo Meksika bilan çegarada nazoratni kuçaytirişni talab qilib, Ukrainaga har qanday qöşimça yordamni muhokama qilişdan boş tortayotgan edi.
Qayd qilinişiça, qöşimça mablağlarning umumiy miqdori 118 milliard dollardan ortiqni taşkil etadi. Şundan senatorlar 60,06 milliard dollarni Ukrainani qöllab-quvvatlaşga, 14,1 milliard dollarni Isroilga yordam berişga, 20,23 milliard dollarni Meksika bilan çegara xavfsizligini ta’minlaşga, 4,83 milliard dollarni Hind-Tinç okeani mintaqasidagi AQŞ hamkorlarini qöllab-quvvatlaşga, 2,44 milliard dollarni AQŞ markaziy harbiy qömondonligiga va 2,44 milliard dollarni Qizil dengizdagi operatsiyalarni qöllab-quvvatlaşga sarflaşni taklif qilmoqda.
Qonun loyihasi konservativ respublikaçilar qarşiligiga duç kelişi kutilmoqda. Ular prezidentlik saylovida Respublikaçilar partiyasidan nomzod bölişi kutilayotgan Donald Trampning pozitsiyasiga tayanadi. U allaqaçon senatorlar muhokama qilayotgan çegara haqidagi taklifga qarşi ekanini aytgan. U noyabrdagi prezidentlik saylovida çegara masalasidan Baydenga qarşi foydalanmoqçi va qonun loyihasida noqonuniy immigratsiyaga qarşi kuraş böyiça közda tutilgan çoralarni yetarli emas deb hisoblaydi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil kuzidan beri Kongress Ukrainani qöllab-quvvatlaş uçun yangi budjetni qabul qila olmayapti. Bu vaqt içida avval ajratilgan mablağlar deyarli tugab, Amerikaning Kiyevga harbiy yordami hajmi sezilarli darajada qisqargan.













