5 fevral kuni Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov raislik qilayotgan mazkur jinoyat işida sud tergovi yakunlangani ma’lum qilindi. Bu haqda sudda iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Sud muzokaraga tayyorlanib keliş uçun davlat ayblovçisi hamda advokatlarga muddat berdi.
9 fevral, juma kuni muzokaralar boşlanişi kutilmoqda. Jinoyat-protsessual kodeksiga köra, muzokaralarda prokuror, söngra jabrlanuvçilar, himoyaçilar va sudlanuvçilar sözga çiqadi.
Eslatib ötamiz, 68 nafar bolaning ölimiga sabab bölgan “Dok-1 Maks” dori vositasiga doir jinoyat işi böyiça ilk sud işi 2023 yil 11 avgust kuni bölib ötgandi. Iş doirasida 23 nafar şaxslar Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblanmoqda. Ularning 9 nafariga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.













