Kiyev meri Vitaliy Kliçko Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy iste’foga çiqarilişi haqidagi xabarlar fonida uni qöllab-quvvatladi hamda Ukraina hukumatini «siyosiy intrigalarni bas qiliş»ga çaqirdi.

U ukrainlar köp jihatdan Zalujniy tufayli Ukraina qurolli kuçlariga çinakamiga işonç bildirişganini ta’kidlagan. Uning sözlariga köra, boş qömondon uruş vaqtida «juda köp oğir damlarni boşdan keçirgan». 

«Ammo, afsuski, bugun siyosat soğlom fikr va davlat manfaatlaridan ustun kelgan palla. Va bu Zalujniyga boğliq emas. Umid qilamanki, hukumat hozir qöyilayotgan qadamlarning jiddiyligini va öz mas’uliyatini töliq tuşunib turibdi. Çunki bugungi kunda, Ukraina tom ma’noda öz mavjudligi uçun kuraşayotgan pallada, asosiysi — jangovarlik hamda armiya va jamiyat birligi yölga qöyilganidir», — deya yozgan Kliçko öz telegram-kanalida. 

Uning fikriça, «anons qilinayotgan rokirovkalar» aynan şu maqsadga yönaltirilganiga jamoatçilikning işonçi komil emas. «Va buni hisobga oliş kerak. Ammo, asosiysi, siyosiy intrigalar va içki kuraşni töxtatiş. Bugun faqat bitta narsa uçun — Ukraina ğalabasi uçun kuraşişimiz darkor», — deya xulosa qilgan Kliçko.

  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy italyanlarning Rai News 24 telekanaliga bergan intervyusida Valeriy Zalujniyni iste’foga çiqariş imkoniyatini körib çiqayotganini tasdiqlagan. «Ukrainskaya pravda» öz manbasiga asoslanib xabar berişiça, Zelenskiy boş ştab boşliği Sergey Şaptalani ham işdan olişni rejalaştirmoqda.
  • Ukraina va Amerikadagi naşrlar Zelenskiy 29 yanvar kuni ötkazilgan uçraşuvda Zalujniyga uni iste’foga çiqariş niyatini ma’lum qilgani haqida xabar bergan.
  • Vitaliy Kliçko avval ham Zalujniyni qöllab çiqiş qilgandi. Ötgan yil dekabrida u Ukraina qurolli kuçlari boş qömondonining The Economist uçun intervyusida uruş «boş berk köçaga kirib qolgani», ukrainlarning yurişi esa yillarga çözilişi mumkin bölgan pozitsion uruşga aylanayotgani haqida bildirgan fikrlariga qöşilgandi.