Xatirçi tumanida qoidabuzarlik sodir etib, tölamay yurgan haydovçining Lacetti maşinasi MIB tomonidan xatlandi. Bu haqda MIB Navoiy viloyati boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, MIBning Xatirçi tuman bölimi iş yurituvida qarzdor A.F.ga nisbatan IIB YHXB tomonidan qöllanilgan 10 ta ma’muriy bayonnomaga asosan 6 mln 120 ming söm, 91 mln söm kredit va 4,5 mln söm boşqa qarzdorliklarini undiriş töğrisidagi ijro hujjatlari bölgan. Haydovçi uşbu qarzdorliklarni tölamagaç, unga tegişli tegişli bölgan Lacetti maşinasi xatlanib, jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Haydovçi 10 ta holatda ham tezlik çeklangan hududlarda tezlikni belgilangan me’yordan oşiriş bilan boğliq qoidabuzarliklarni sodir qilgan.

Oldinroq Toşkentda 88 marta jarimaga tuşib, tölamagan haydovçining Spark maşinasi jarima maydonçasiga joylaştirilgani xabar qilingandi.