Rossiya Markaziy saylov komissiyasi muxolif nomzod Boris Nadejdin uçun töplangan imzolarning 15,3 foizini nuqsonli deb topdi. Bu haqda siyosatçining ştab-kvartirasi xabar berdi.
«Komissiya majlisi tugadi, hujjatlar olib ketildi. 15,3 foizi nuqsonli deb topildi. Oldinda uyqusiz ikki keça. Saylov byulleteniga kiritilişi uçun tekşirilgan 60 mingta imzodagi nuqsonlar 5 foizdan köp bölmasligi kerak», deb yozdi ştab vakili Igor Artemiyev.
«Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi töğrisida»gi qonunga köra, agar tasodifiy tekşiriş paytida saylovçilar imzolarining umumiy miqdordan 5 foizi yoki undan ortiği işonçsiz va haqiqiy emas deb topilsa, imzolarni tekşiriş jarayoni töxtatiladi va nomzod röyxatga olinmaydi. Boris Nadejdin böyiça MSK qarori 7 fevral kuni e’lon qilinişi kerak.
Avvalroq, Rossiya MSK jurnalist Yekaterina Dunsova töplagan imzolarni ham nuqsonli deb topib, uni prezidentlik saylovida qatnaşişi uçun röyxatga olmadi. U Ukrainadagi uruşni töxtatiş, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod etiş tarafdori ekanini e’lon qilgan edi.
60 yoşli sobiq deputat Boris Nadejdin ötgan yil kuzidayoq prezidentlik saylovida qatnaşişini aytib, kampaniya boşlagandi. Dekabr oyi oxirida «Fuqarolik taşabbusi» partiyasi uni nomzod sifatida röyxatdan ötkazdi, Markaziy saylov komissiyasi esa imzo töplaşga ruxsat berdi.
Boris Nadejdin ham Ukrainadagi uruş davom etişini qöllamasligini oçiq aytgan. U uruş sözi örniga ehtiyotkorlik bilan rasmiy lahjada qabul qilinganidek «maxsus harbiy amaliyot» iborasini qöllamoqda. Nadejdin uçun imzo töplaş jarayonida uzundan-uzoq navbatlar yuzaga kelgan edi.













