Ukrainadagi uruşning 712-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyni iste’foga çiqariş imkoniyatlarini körib çiqayotganini tasdiqladi.
- «Ukrainskaya pravda» manbasi tasdiqlaşiça, Zelenskiy Zalujniy bilan birgalikda Ukraina QK boş ştabi boşliği Sergey Şaptalani ham lavozimdan ozod etişni rejalaştirgan.
- Kiyev şahri meri Vitaliy Kliçko Zalujniyning iste’fosiga qarşi çiqdi.
- FT naşri yozişiça, Zelenskiyning Ukraina harbiy rahbariyatini almaştiriş böyiça rejalari ğarblik hamkorlarni asabiylaştirmoqda.
- AQŞ senati Ukrainaga yordam ham közda tutilgan qonun loyihasini taqdim etdi. Endi uni kongress qabul qilişi kerak.
- Yandex N.V. Rossiyadagi «Yandeks» konsorsiumi xususiy investorlarga sotilganini e’lon qildi. Arkadiy Voloj xorijdagi bizneslarni rivojlantiriş bilan şuğullanadi.
- Putin Uzoq Şarq va Arktika ipotekalarini uruş faxriylari va qurbonlarning oila a’zolari uçun uzaytirib berişga körsatma berdi. Undagi imtiyozli stavka 2 foizni taşkil etadi.
- Markaziy saylov komissiyasi Rossiya prezidentligiga nomzod Boris Nadejdin töplagan imzolarning 15 foizini nuqsonli deb topdi.
Malaya Kamişevaxadagi Avliyo Troitskiy ibodatxonasi
Ukraina QK Xarkiv oblastidagi Malaya Kamişevaxa qişloğini 2022 yil kuzidagi qarşi hujum davomida ozod etgandi. Keng kölamli uruşning ilk kunlarida boşlangan okkupatsiya çoğida rossiyalik harbiylar Avliyo Troitskiy ibodatxonasini dala hospitaliga aylantirgan. Quyida Malaya Kamişevaxada janglardan keyin yuzaga kelgan vaziyat aks etgan kadrlar.























