Navoiydagi mahallalarda “Şarmanda doskasi” paydo böldi. Kun.uz manbasiga köra, ana şunday “Şarmanda doskasi” Karmana tumanidagi mahallalarga tarqatiş uçun tayyorlab qöyilgan.

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Navoiy viloyati Mahallalar uyuşmasi raisi Ğofur Aliyev bilan boğlandi.

“Bunday turdagi taxtadan xabarim yöq. Bizga bu borada biror topşiriq ham berilmadi. Özim ham endi eşitib turibman. Menimça, “Şarmanda doskasi” bölişining özi unçalik töğri emas”, deya ma’lum qildi uyuşma raisi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.

Kun.uz Karmana tumani IIB boşliği örinbosari Nabijon Çöliyev bilan boğlanib, holatga izoh oldi. Uning ta’kidlaşiça, taxtaning nomlanişi xato ketgan.

“Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomda sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan şaxsning fotosurati u tomondan sodir etilgan jinoyat töğrisidagi ma’lumot bilan birga mahalla fuqarolar yiğinidagi barçaga körinadigan e’lonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylaştirilişi belgilangan.

Joylarda firibgarlik holatlari köpaymoqda. Ayrim mahallalarda odamlar öşa mahallada yaşovçi, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan şaxsni tanimasdan, unga aldanib qolişyapti. Şuning uçun, Nizom talablarini bajarib, şunday şaxslar haqidagi ma’lumotni belgilangan tartibda e’lonlar taxtasiga ildirib qöyamiz.

Aslida e’lonlar taxtasi bölişi kerak edi, uni tayyorlaşda xatolikka yöl qöyilgan. Hozirda xatolikni tuzatib, mahallalarga şunday e’lonlar taxtasini örnatib çiqyapmiz”, deydi Nabijon Çöliyev.

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan Nizomda keltirilişiça, sudning ayblov hukmi qonuniy kuçga kirgan şaxs sudning oqlov hukmini taqdim qilgan taqdirda, uning fotosurati va sodir etilgan jinoyat töğrisidagi ma’lumot profilaktika inspektori tomonidan mahalla fuqarolar yiğinidagi e’lonlar taxtasidan darhol olib taşlanadi. Şuningdek, uşbu holat böyiça avval ötkazilgan muhokama yuzasidan uç kun muddatda raddiya tayyorlanib, e’lonlar taxtasiga bir oylik muddatga joylaştiriladi.