2024 yil 2–4 fevral kunlari Panorama Airways'ning 3 mingdan ortiq yölovçisi uyiga qaytdi. Bu haqda 5 fevral kuni aviakompaniya xabar berdi.

“Uşbu vaqt davomida sabr-toqat va tuşuniş uçun har bir yölovçiga alohida minnatdorçiligimizni bildiramiz. Biz öz reyslarini kutayotgan yölovçilarni imkon qadar tezroq qaytiş parvozini taşkil qiliş uçun barça imkoniyatlarni işga solmoqdamiz”, – deyiladi xabarda.

Panorama Airways Madina va Dubay şaharlariga parvozlarni amalga oşiradi. Yuqoridagi xabarda keltirilgan 3 mingdan ortiq yölovçi katta ehtimol bilan Madinadan olib kelingan: sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Umra ziyoratiga borgan bir neça ming kişi Panorama Airways reyslarni keçiktirgani sababli Özbekistonga qayta olmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aviakompaniya 2 fevral kuni buni tasdiqlab, “bir qança kutilmagan vaziyatlar tufayli” parvozlar jadvali va kompaniyaning umumiy operatsiyalari “sezilarli darajada işdan çiqqani”ni ma’lum qilgan. Natijada yangi tezkor boşqaruv guruhi tayinlanib, parvozlar 2 fevraldan boşlab tiklangan. Taşuvçi buning uçun yölovçilardan uzr söragan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, sözlaridan Umra ziyoratiga yuboruvçi turfirma vakili ekani anglaşiladigan erkakning aytişiça, muammo samolyotlar bilan boğliq bölgan.

“Panorama kompaniyasi eski samolyotlari bilan uçardi. Orada nimadir böldi, samolyotlarimiz texnik “zaderjka” deb 10 kunga olib kirib ketdi. Biz Panorama'ga odamlarning borişiga ham, qaytişiga ham tölov qilganmiz. Bu yerda heç qanaqa bizning [bir neçta turfirmalarning – tahr.] aybimiz yöq. U yerda 4 mingta odam bor. Şunça odamga 500 dollardan çipta hisoblasangiz, 200 ming dollar böladi (aniqroği, 2 mln dollar – tahr.). 200 ming dollarni Panorama'ga tölab qöyganmiz”, – degan turfirma vakili. U bundan buyon boşqa aviakompaniyalar bilan işlaşlarini qöşimça qilgan.

2022 yilda taşkil etilgan Panorama Airways Özbekiston şaharlaridan Madinaga töğridan töğri parvozlarni yölga qöygan ilk mahalliy aviakompaniya bölgandi.